LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:24
KirishA'zo bo'lish
Tomas Tuxel Neymarning ketishiga sha'ma qildi
sana 13 Avgust, 23:25 korildi 321

Yakunlanayotgan transfer oynasi davomida juda uzoq davom etgan Neymar «seriali» o'z poyoniga yaqinlashmoqda. Bugun e'tiboringizga uning «Real Madrid» safiga o'tishi borasida berilgan intervyularni taqdim etamiz. Ushbu intervyular taniqli «Fut Bazza» nashri tomonidan e'lon qilindi va biz bunday qiziq ma'lumotlarni sizlarga ilindik.

Zayniddin Zidan

Bizning jamoa uchun shu daqiqalarga qadar amalga oshirilgan ish juda muhim. Mana yoz ham nihoyalanib qoldi va biz chempionat o'yinlariga tayyormiz. Biz bu daqiqalarni kutib yashayapmiz desam, adashmagan bo'laman. Neymarning jamoamizga o'tishi borasidagi savollar hozirda trend darajasidagi mavzuga aylangan bo'lsada, to'liq javob bera olmayman. Hozirda biz qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan yangi mavsumni qanday o'tkazish borasida bosh qotiryapmiz. To'g'ri, transfer oynasi yopilguniga qadar hamma narsa bo'lishi mumkin, biroq hozirda bizni shanba kuni «La Liga»ning birinchi turi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv ko'proq qiziqtirmoqda. Shu o'rinda Pogba borasidagi savollarga oydinlik kiritib o'tsam. Uning amalga oshmagan transferi borasida so'zlashning o'zi noo'rin holat. Bizda kuchli yigitlardan tashkil topgan ajoyib jamoa mavjud va bu mavzuga nuqta qo'yishni istayman. Hemes va Beyl bizning futbolchilar, lekin hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Murabbiy sifatida ularga 100 foiz ishonaman. Shunday bo'lsada, Hamesning klubda qolish qolmasligi katta so'roq ostida turibdi. Transfer oynasi yopulguniga qadar hammasi boshqa tomonga burulib ketishi hech gap emas.

Killian Mbappe

Biz yanada kuchayib borishimiz lozim. Yangi mavsumdagi uchrashuvlarga ko'tarinki kayfyatda kirishib olish maqsadida tayyorgarlikka katta urg'u beryapmiz. Yangi mavsum oldidan raqobatbardosh jamoaga aylanishga harakat qilmoqdamiz. Neymarning jamoda qolishi yoki ketishi ko'p narsani o'zgartirib yuboradi. Gap shundaki, «PSJ» u bilan va u siz boshqa-boshqa jamaolar.Biz bir o'yinchiga qarab qolgan klub emasmiz. Biz u bilan ham u siz  ham sifatli futbol namoyish eta olamiz. Shaxsan men uning ketishini istamayman. Neymar bilan bir jamoada to'p surish menga zavq bag'ishlaydi. Agarda u boshqa klubga o'tishni istasa, biz uni ushlab qolishimiz kerak emas, sababi futbolchi o'z klubida baxtli bo'lmasa, u hech qachon o'zining eng zo'r o'yinini namoyish eta olmaydi. Biz mavsumni g'alaba bilan boshladik va shu tempda davom ettirishni istaymiz. Yangi mavsumdagi asosiy maqsadimiz  YChL bahslarida ijobiy ishtirok etish. Bu musobaqada g'olib chiqsak, undanda yahshiroq bo'lar edi.

Tomas Tuxel

Biz voqeaga real ko'z bilan qarashga o'rganishimiz va Neymarsiz o'ynashga ko'nikishimiz zarur. Unga o'xshash va maydonda huddi u kabi to'p survuchi boshqa futbolchini topishning iloji yo'q. Afsuski, biz uni yo'qotishimiz va boshqa unday futbolchini qo'lga kirta olmasligimiz mumkin.«PSJ»ga Neymar borasida takliflar bo'llayotganini yashirib bo'lmaydi. Futbolchi uchun kurashda «Real Madrid» kattaroq imkoniyatga egaligi kundek ravshan. Shunday bo'lsada, uning transferi borasidagi ma'lumotlarni oshkor qilishni istamayman. Menga uning o'yinlari yoqadi. Uni biz bilan qolishini juda istayman. Agarda Neymar bizni tark etsa, uyqum qochishi va jamoaning kelajagi haqida bosh qotirishimga to'g'ri keladi. Yana qaytaraman transfer oynasi ochiq va biz istalgan daqiqada Neymarni qo'ldan chiqarib yuborishimiz mumkin. Voqeaga real baho berishimiz darkor.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Aleks Songning 17 nafar opa-singlisi, 10 nafar aka-ukalari bor.
Bosh sahifa
Online: 0 / 24
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta