logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Al-Ittihod" frantsiyalik yana bir yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi

 23 MART, 2024, 11:54

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqchi. Bu haqda Vaarzesh plus xabar berdi.

Manbaga ko'ra, jiddaliklar "Manchester Yunayted"dan 30 yoshli markaziy himoyachi Rafael Varanni sotib olmoqchi. Klub allaqachon futbolchining agentiga o'z istagi haqida ma'lum qilgan.

Varanning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi. Transfermarkt uni 25 million evroga baholamoqda.

Hozirda "Ittihod" safida Ngolo Kante va Karim Benzema kabi frantsiyalik yulduzlar bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR