logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:51
KirishA'zo bo'lish
Shota Arveladze: «Qiyin yilda bizga yordam bergan hammaga rahmat»
 20 Noyabr, 21:12  21

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvdan keyin o'yin xususida fikrlarini aytib o'tdi.

"Chempionlikka erishgan kechamizda butun yilni eslab o'taman. Ilk bellashuvni hali Superliga start olmagan 10 fevralda Chempionlar Ligasida o'tkazgandik. O'shanda yilning bunday ko'rinish olishini hech kim bilmasdi. Butun dunyo muammoga ro'para bo'ldi. Fikrimcha, "Paxtakor" tarixida chempionlik qo'lga kiritilgan eng qiyin yil aynan shu yil bo'ldi. Odamlar ko'plab voqealarni boshdan o'tkazdi. Biz mavsumni yakuniga etkazayotganimiz uchun barchaga rahmat aytaman. O'zbekiston va shahrimizda istiqomat qilayotgan, mehnat qilayotgan har bir insonga rahmat. Qolaversa, qiyin sharoitda o'yinlarni tashkil qilgan O'FA va PFLga, bizga har bir vaziyatda yordam bergan, muammolarni hal qilgan klub rahbariyati, har bir jabhada mehnatini ayamagan klubdagi har bir xodimni tik turgan holda olqishlayman. Ishqibozlarni alohida yodga olib o'taman. Barcha olqishlarga munosib. Klubdagi ko'plab xodimlarning o'zi yoki oilasida kimdir kasal bo'ldi, yaqinlarini yo'qotganlar bor. Shunday qiyin holatda barcha o'z vazifasini imkoni boricha ado etishga urindi. Hammadan minnatdorman. Qiyin payt bo'lsa-da, deyarli 4 tur oldin chempion bo'ldik, Chempionlar Ligasida nafaqat klub, balki mamlakat obro'sini munosib himoya qilishga intildik.

Mavsum mobaynida qiyin o'yinlar o'tkazdik. Eng qiyinini tanlay olmayman, lekin AGMK, "So'g'diyona", "Bunyodkor" bilan o'yinlar murakkab kechdi. Har bir bahsning o'zida turlicha qiyinchiliklar uchradi. Chempionat yakunlangach, o'ylab ko'rib javob bersa bo'ladi. Yigitlar kuni kecha terma jamoa yig'inidan qaytishgani va tarkibdagi yo'qotishlar sababli bugun eng yaxshi holatda emasdik. Lekin hali oldimizda chempionatda uch o'yin va Kubok bellashuvlari turibdi. Biz mehnat qilishda, xatolardan xulosa chiqarish va g'alaba uchun kurashishda davom etamiz", — dedi Arveladze.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Boshida "Liverpul"ning nomi "Everton Atletik" bo'lgan, keyin esa bitta shaharga ikkita "Everton" bo'lishini istashmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 31
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты