logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:18
KirishA'zo bo'lish
Sayyoramizning eng qimmat tarkibi (ramziy jamoa)
 29 Iyun, 15:10  390

Stadion.uztransfermarket portalidagi ma'lumotlarga suyangan xolda, ayni damdagi dunyoning eng qimmat jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon. Yan Oblak – 100 million evro

“Atletiko” jamoasining so'nggi yillardagi chinakam haloskori va qahramoni. Sloveniyalik darvozabon to'p uchun chiqishda, chiziq ustida va yuqoridan kelayotgan zarbalarni bartaraf etishda mutloq tengsiz. Tan olish lozim, bugungi kunda u futbol olamidagi eng kuchli kipper.

O'ng qanot himoyachisi. T. A. Arnold – 110 million evro

Atigi bir necha yil ichida futbol yulduziga aylangan o'spirin hali 21 yoshga to'lgani yo'q. Shunga qaramay, u klub muxlislarining yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Hatto Klopp ham uni : “Burchak to'pining otasi” deb maqtab qo'yadi. Umuman olganda, Trend ayni damda dunyoning o'z pozittsiyasidagi eng qimmat futbolchisi sanaladi.

Chap qanot yarim himoyachisi. Endryu Robertson – 80 million evro

Shotlandiyalik futbolchi “Liverpul” tarkibida har jabhada o'sishga muvaffaq bo'ldi. Uning transfer qiymati haqidaku gapirmasa ham bo'ladi. Robertson “Liverpul” futbolkasini kiyganida, 15 million evroga baholangan noma'lum fulbek edi. Endilikda, uni qo'lga kiritish uchun 80-100 million evrodan voz kechish talab etiladi.

Markaziy himoyachi. Rafael Varan – 80 million evro

U bugungi ro'yxatimizdagi eng sovrindor futbolchi desak, adashmagan bo'lamiz. JCh, EChL va boshqa ko'plab musobaqalarda g'olib chiqqan Varan ramziy jamoamiz himoyasi uchun eng zo'r tanlov sanaladi.

Markaziy himoyachi. Virjil Van Deyk – 100 million evro

Yaqindagina “Liverpul” bilan chempionlikni nishonlagan himoyachi 2019-yilda “oltin to'p” uchun so'nggi soniyalarga qadar da'vogarlik qildi, biroq yakunda Messi undan o'zib ketdi. Shunga qaramay, Virjil o'sishdan to'xtab qolgani yo'q.

Markaziy yarim himoyachi. Frenki De Yong – 90 million evro

Aslida, Frenki 2 mavsum ilgari u qadar baland transfer qiymatiga ega emas edi. Uning “Barselona” jamoasiga kelib qo'shilishi sababli narx keskin ko'tarilib ketdi. Gollandiyalik futbolchi hali yosh va uning faoliyati oldinda. Agar u Kataloniya klubida asosiy tarkibda ko'rinish berib tursa, tez orada 100 millionlik davonni ham zabt etishi hech gap emas.

Yarim himoyachi – Kevin De Bryuyne – 150 million evro

Belgiyalik futbolchi bugungi kundagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri sanaladi. Universalliga va maydonni yaxshi ko'ra olishi sababli Gvardiola uning aytrofida chinakam jangovar jamoani shakillantirishga muvaffaq bo'ldi. Kevin “Siti” bilan birgalikda bir nechta chempionlikni qo'lga kiritgach, transfermarket uning narxini 150 millionga ko'tarib qo'ydi.

Yarim himoyachi. Jeydon Sancho – 117 million evro

Bugungi ro'yxatimizdagi eng yoshi kichik futbolchi. Sancho Bundesligada o'zini shu qadar yaxshi namoyish etdiki, endilikda uni barcha APL grandlari o'z safida ko'rish ishtiyoqida yonmoqda.

Hujumchi. Neymar – 160 million evro

Braziliyalik futbolchi bir necha yil oldin 222 million evro evaziga Parijga ko'chib o'tgan va butun sport olamini hayratda qoldirgan edi. Neymarning Parij klubi bilan o'z rejalari mavjud edi, biroq barchasi barbod bo'lib bormoqda. Messining soyasida qolishni istamgan futbolchi, bugungi kunda ham shu maummo bilan to'qnash kelmoqda.

Hujumchi. Muhammad Salah – 150 million evro

Bu nuqtada Leo Messi to'p surishiga odatlanib qolganmiz, biroq endilikda argentinalik futbolchidan Salahning transfer narxi balandroq. Shu sababli, “Liverpul” futbolchisi hujumning o'ng qanotidan joy oladi.

Hujumchi. Killian Mbappe – 200 million evro

Ayni damdagi sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hujum markazidan o'rin olmoqda. Amaldagi JCh g'olibi va tez orada “oltin to'p” uchun asosiy da'vogar bo'lishi taxmin qilanayotgan hujumchi hali juda yosh. U o'sishdan to'xtab qolmasa, kelajakda kutilgan marralarning barchasini zabt etishga qodir.


Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1998-yilda ingliz hakami Martin Silvester "District Sunday" ligasi bahslaridan birida futbolchini urgani uchun o’ziga qizil kartochka ko’rsatib maydonni tark etgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 41
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com