logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Arteta: "Tuxel o'yin uslubining ashaddiy muxlisiman"

 8 APREL, 2024, 21:48

Mikel Arteta "Bavariya"ni yuqori darajadagi jamoa deb hisoblaydi.

"Arsenal" va "Bavariya" 9 aprel kuni Chempionlar ligasining chorak finalida o'ynaydi.

"Oldinda jiddiy vazifa turibdi - Chempionlar ligasining eng muvaffaqiyatli klublaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Biz buni intiqlik bilan kutamiz.

"Bavariya" - top jamoa va men Tomas Tuxel va uning jamoalaridagi o'yinni qurish uslubining ashaddiy muxlisiman. Men undan ko'p narsani o'rgandim.

“Bavariya”ni batafsil tahlil qilsangiz, bu top jamoa ekanligini tushunasiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va o'yinni o'zimiz xohlagandek o'tkazishimiz kerak. Agar shunday qilsak, g'alaba qozonish imkoniyatimiz bor.

O'tmishda "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatlarga kelsak, bu tarixda qoldi. Biz yaxshiroq bo'lganimizni isbotlashimiz kerak.

So'nggi bir necha oy ichida biz ko'p narsalarni o'rgandik. Bu qiyin va biz uning bir qismi bo'lganimizdan juda xursandmiz", dedi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR