logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Rummenigge: «Bir necha yillardan buyon «Bavariya» Evropaning kuchli uch klubidan biri hisoblanadi»

 24 OKTYABR, 16:30 24

.

«Bavariya» sobiq rahbari Karl-Xaynts Rummenigge Germaniya Bundesligasida «janub yulduzi» ustunlik qilishining sabablari haqida gapirdi.

«Ikkita sabab bor. Masalan, 2008 yilda Frank Riberi uchun Ispaniya va Angliyadan juda katta takliflar olgandik. O'sha paytda bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo'lardi.

Biz buni uzoq vaqt muhokama qildik va bunday miqdorlardan voz kechishimiz mumkinligini tushunishga harakat qildik. Shunga qaramay, biz bunday muhim o'yinchini sotmaslikka qaror qildik.

Yana bir muhim jihat 2012 yil «Borussiya» chempionlikni qo'lga kiritdi va Germaniya kubogini bizdan tortib oldi, biz esa Chempionlar ligasi finalida o'z uyimizda mag'lub bo'ldik. Bu bizni hayratda qoldirdi. Shu paytdan boshlab biz milliy turnirlarda ham, Evropa musobaqalarida ham asta-sekin yaxshi bo'la boshladik.

Bir necha yillardan buyon «Bavariya» Evropaning kuchli uch klubidan biri hisoblanadi. Siz so'nggi paytlarda futbolimizdan zavqlanishingiz mumkin», dedi Rummenigge Bild TV telekanaliga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR