logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:24
KirishA'zo bo'lish
Ronalduning siz tanimaydigan ma'shuqalari
 5 Noyabr, 05:05  495

Sport olamidagi eng mashxur insonlardan biri sanaladigan Krishtiyanu Ronalduning qizlar borasida doimo omadi kelgan desak, adashmagan bo'lamiz. Bugun futbolchining ko'pchilik bilmaydigan sobiq ma'shuqalarini yodga olamiz.

Jordana Jardel


«Sporting» klubining sobiq futbolchisi Mario Jardelning singlisi sanaladigan ushbu qiz Ronalduning birinchi muxabbatlaridan biri sanaladi. Model sifatida faoliyat olib boruvchi qiz Ronaldu bilan tanishganidayoq ikkinchi Viktoria Bekham bo'lishni orzu qilgan edi, biroq uning orzulari amalga oshmadi.

Jemma Atkinson


Amerikalik aktrisa va model Jemma Atkinson va Ronaldu o'rtasidagi aloqalar uzoq davom etmagan bo'lsada, Jemmani butun dunyoga mashxur qilib yuborish uchun kifoya qildi.


Krish o'z intervyularida Jemma bilan aloqalari do'stlik ekanligini ma'lum qilsada, Jemma futbolchi bilan aloqalari jiddiy ekanligini ommaga e'lon qilishda davom etaverdi. Oqibatda, juftlik ko'p o'tmay ajralib ketdi.

Nereyda Galyardo


Eng gozal baykerlardan biri sanalmush Nereyda Galyardo va Ronaldu o'rtasidagi aloqalar qanday boshlangani kech ma'lum bo'lgan bo'lsada, ushbu juftlik uzoq muddat birga bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Ronaldu bilan tanishguniga qadar kichik bir lavozimda ish yuritgan Nereyda hozirda o'zining shaxsiy modellar uyiga ega.

Lititsa Filippi


Italiyalik model Ronaldudan naqd 7 yoshga katta bo'lsada, futbolchini o'ziga rom qilishni uddalagani e'tiborga molik. Aynan Lititsa bilan tanishuvdan so'ng, futbolchi Nereyda bilan aloqalarni butkul uzib yuborgan edi. Hozirda ushbu meksikalik sportchi bilan turmush qurish arafasida.

Irina Sheyk


Uzoq muddat davomida dunyoning eng chiroyli juftligi sanalgan Irina Sheyk va Krishtiyanu Ronaldu 2010-yilda «Armani» brendining reklama roligida birga suratga tushishadi. Ushbu uchrashuvdan so'ng, futbolchi va model o'rtasida sevgi va muxabbat avj oladi. Naqd 5 yil davom etgan munosbatlarni birinchi bo'lib Irina to'xtatishga qaror qiladi.

Avvaliga Ronalduni onasining tug'ulgan kuniga tashrif buyurmagan Irina keyinroq «oltin to'p»ni qo'lga kiritish marasomida ham ishtirok etmaydi. Bu voqeyalardan so'ng, Sheyk butun internetni Ronaldu haqidagi salbiy fikrlari bilan to'ldirib tashlaydi, biroq Krish unga javob qaytarmaydi va vaziyat tinchib ketadi.

Lucia Villalon


Sheyk bilan munosbatlar yakunlanishi bilan ijtmoiy tarmoqlarda Ronaldu va Lutsianing suratlari paydo bo'lishni boshladi. «Real Madrid» klubi jurnalisti sanaladigan Villalon va Krish o'rtasidagi munosabatlar qanchalar sir saqlanmasin, OAV tomonidan yoritib borildi. Shunday bo'lsada, munosabatlar uzoqqa bormadi va Ronaldu boshqa qizni sevib qoldi.

Jorjina Rodriges


Ronaldu va Jorjina 2016 yilda «Dolce & Gabbana» kolektsiyasining taqdimot marosimida ilk bor uchrashishadi. Ronaldu bu paytda mashxurlikning eng pik nuqtasiga ko'tarilgan bo'lsa, Jorjina juda qiyin ruhiy xolatda edi. Gap shundaki, futbolchi bilan tanishuvidan 6 yil oldin, uning onasi avtohalokatda vafot etgan bo'lsa, otasi chuqur tushkunlik holatidan chiqa olmagan inson edi. Madrid shaxriga hammasini boshidan boshlash uchun tashrif buyurgan Jorjinaning hayotiga Ronaldu kirib kelgach, barchasi o'zgarib ketdi. «Armani» do'konida sotuvchi bo'lib ishlayotgan Jorjina hozir dunyoning eng ko'zga ko'ringan modellaridan biri sanaladi. Hozirda juftlik bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Men chiroyli emasman. Ammo meni maydonda qilayotgan ishlarim muxlislarni rom etadi" (c) Ronaldino
Bosh sahifa
Online: 1 / 24
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™