logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Enrike Salohning o'rnini bosa oladigan variantlarni aytdi

 19 APREL, 2024, 17:36

Xose Enrike "Liverpul"da Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini aytdi.

Mersisaydlik sobiq himoyachi avvalroq misrlik vinger shu yozda jamoani tark etishi mumkinligini aytgandi.

"O'ylashimcha, Muhammad Kudus Salohning o'rnini bosa oladi. Men buni o'tgan yozda aytgan bo'lardim, lekin u hozir "Vest Xem"da juda yaxshi o'ynayapti.

Siz "Kristal Pelas"dagi Eberechi Ezeni ham aytishingiz mumkin, ammo ularning o'rnini bosadiganlar aniq emas.

Ehtimoliy variant "Bavariya"dan Leroy Sane bo'lishi mumkin, chunki u hozirda shartnoma borasida qiyin vaziyatda.

U ko'rib chiqishga arziydigan variant, u hozir jamoaga mos kelishi mumkin", - dedi Enrike.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR