LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:04
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Ronaldu yoki Messi? «Real Madrid» afsonalari javob berishdi.
sana 12 Aprel, 11:45 korildi 671

«Jizn  futbol» nashri «Real Madrid» klubi faxriylarining ikki mega yulduz to'g'risida bildirgan fiklarini o'z rasmiy sayti va «You Tube» kanalida e'lon qildi. Ushbu maqolani sizlarga ilindikRaul

Bu futbolchilarni gol mashinasiga o'xshataman. Har mavsumda 50 tadan gol ura oladigan boshqa bir futbolchini ko'rsata olasizmi? Albatta, yo'q. Ronaldu o'z mehnati va shijoati evaziga bu darajaga etishdi. Uning o'yinlarini tomosha qilish zavq bag'ishlaydi. Messi haqida ham huddi shu so'zlarni  bemalol ayta olaman. Bu futbolchilarni solishtirish esa noo'rin. Bu «Mersedes»ning bir xil narxdagi ikki markasini solishtirgandek gap. Ularni teng kuchli deb hisoblayman. Devid Bekxem

Leo Messi juda yuqori tempda futbol o'ynaydi. Uning tezligi va maydonni ko'ra bilishi meni bir necha bor qoyil qoldirgan. Ronaldu ham ajoyib o'yinchi. Ular zamonaviy futbolimizdagi barcha futbolchilardan anchagina kuchliroq. Shunday bo'lsada, men Leoni biroz kuchliroq deb hisoblayman.

Roberto Karlos

Hozirgi kunimizda «Oltin to'p» sovrinining ahamiyati juda katta. Chunki u erda futbolni tushunadigan insonlar ovoz berishadi. Shunday ekan, futbolchilarning shaxsiy yutuqlari o'zlari uchun javob bera oladi deb hisoblayman. Ronaldu o'z ustida qattiq ishlaydi va mehnatdan qochmaydigan yigit. Uning mashg'ulotlarda qanday ishlaganini ko'rganimda unga qoyil qolaman. Messi va Neymar texnik tomondan u bilan bellasha olishlari mumkin, lekin uchrashuvga ma'suliyat bilan yondashuv borasida hech kim Krishga teng kela olmaydi.

Rud Van Nistelroy

Ularning qay biri kuchli? Men hali tanlaganimcha yo'q. Ikkisida ham 5 tadan «Oltin to'p» mavjud va ular yuqori saviyada o'ynashda davom etishmoqda. Shunday ekan, yaxshisi ularning o'yinlarini tomosha qilib zavqlanish kerak. Uzog'i bilan 3 yoki 4 yildan so'ng bu davr yakunlanadi. Ronaldu va Messidan so'ng futbol anchagacha zerikarli ko'rinish olsa, ajab emas.

Luis Figo

Ronaldu va Messini solishtirish har doim qiyin bo'lib kelgan. Avvallari, bu savolga Messi deb javob berar edim. Hozirgi kunlarimizda Ronaldu kuchliroq ko'rinmoqda. O'ylashimcha, hozirda Ronaldu qolganlarga nisbatan kuchliroq.

Kaka

Avvalari, «Oltin to'p» uchun sovrinda rotatsiya bo'lar, uni ketma-ket hech kim qo'lga kiritmas edi. Ularning erasi boshlanishidan oldin men «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan edim. Mendan so'ng 10 yil bu sovrinni bo'lib olgan futbolchilarga qoyil qolmasdan ilojing yo'q. Men ularni ikkisini ham fenomen deb atayman. Agar tanlash kerak bo'lsa, menga Ronalduning o'yinlari ko'proq yoqadi.

Fabio Kannavarro

Men Messiga qarshi o'ynaganman. Undan to'pni olib qo'yishning deyarli iloji yo'q. Ronaldu ham fantastik o'yinchi. Agar ikkisidan birini tanlash kerak bo'lsa, men o'z jamoamda Messini ko'rishni istagan bo'lar edim.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar
Ronaldino ilk marotaba 13 yoshida OAV etiboriga tushgan. O'shanda u bitta o'yinda 23ta gol kiritgandi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta