LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:41
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu Messini ruhlantirishda davom etmoqda!
sana 6 Iyul, 20:05 korildi 573

Argentinalik futbol afsonasi termadagi faoliyatini yakunlash borasida bergan intervyusindan so'ng, ko'plab futbol olami vakillari Messini qo'llab-quvvatlagan edi. Bugun internet olamida Ronaldu tomonidan Messi borasida berilgan yangi intervyu paydo bo'ldi. Fut Bazza nashri tomonidan e'lon qilingan qiziq intervyularni sizlarga ilindik

Xosep Gvardiola

Messi men birga ishlagan futbolchilar orasidagi eng kuchlisi! Men u bilan «Barselona»da ishlagan davrlarimni faxr tuyg'usi bilan yodga olaman. U mehnatkash yigit.  U yanada kuchli bo'lish uchun doimmo o'z ustida ishlashda davom etadi. Men uning ertalabdan kechgacha mashq qilganini ham bir necha bor ko'rganman. Argentina terma jamoasidagi muommoda Messi va «Barsa»ning sira aloqasi yo'q. Ham ayb terma jamoa murabbiyida. Leo Skalone jamoaga va o'ziga bo'layotgan bosimga bardosh bera olmadi va jamoani tartib bilan o'yin tashkillashtirishi uchun imkon yarata olmadi. Ular uchun o'ta tajribali murabbiy zarur. Yangi murabbiyi mashxur futbolchilar bilan ishlashda Benazir bo'lishi zarur. Ana shundagina Argentina terma jamoasi futbolchilari murabbiyni hurmat qilishadi va uning ko'rsatmalarini to'liq amalga oshirashadi. Messining ketishiga sira ishongim kelmayapti. Argentina hozir Messiga muhtoj!

Buffon

Messi hudi men kabi finalga qadr etib kelib ortga qaytish qanday bo'lishini juda yaxshi biladi. Men juda ko'p bor EChL g'olibligiga yaqin kelgan bo'lsamda, unga erisha olmaganman. Shunga qarmasdan kurashda davom etmoqdaman va yana «Yuve»ga shu maqsadimni amalga oshirish uchun qaytdib keldim. Men Messiga ham ortga qaytib o'z niyatiga etishining tilakdoshiman. U o'z termasi bilan sovrin yutishga haqli!

Zidan

Messi dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Uning «barselona» safida ko'prsatayotgan o'yinlari tahsinga sazovar. Afsuski, terma jamoada «Barsalona»dagi sheriklari unga etishmaydi va u o'zi istagan o'yinni namoyish eta olmaydi. Terma jamoa safidagi har bir o'yinchi o'zini yulduz deb hisoblaydi va ular bilan birga to'p surish mushkullashadi. Men bu so'zlarim bilan «Barselona» futbolchilari faqat Messiga o'ynaydi demoqchi emasman! Men shunchaki termaning o'yinini shakillantirish uchun uzoq vaqt talab qilinsada, tarkib tez-tez o'zgarib turadi demoqchiman xolos. Bu o'z-o'zidan o'yinga ta'sir o'tkazadi va bunda Messining aybi yo'q. Argentinaning omadsizligida hamma aybdor! Murabbiydan tortib zahira darvozaboniga qadar!

Dani Alvez

Dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'lish juda mushkul vazifa. Agarda biz Argentinaga mag'lub bo'lganimizda, muxlislar hammamizni tanqid qilishar edi. Argentinada esa, ayb Messining gardaniga tushadi. Tan olish lozim, Messi butun umr jamoani elkasida olib yura olmadi. Argentinada bir nechta ijrochilar mavjud edi va ular Messiga yordam berishlari shart edi. Afsuski, bunday bo'lmadi va yana Messi asosiy aybdorga chiqib qoldi. Menimcha Messi termadan sovrin yutibgina ketishi mumkin, aks xolda bu omadsizlik uni butun umr ta'qib qiladi. Messi kurashdan to'xtamaydiganlar sirasiga kiradi. U doimmo ma'suliyatli bo'lishga o'rganib qolgan bo'lsada, jamoaviy sportda bir kishi hech narsaga erisha olmasligi kundek ravshan!

Ronaldu

Messining kelajagi haqida ikkinchi bor intervyu berayotgan bo'lsamda, bundan sira tortinmayman. Hozir  u qiyin ahvolda va daldagi juda muhtoj degan fikrdaman. Uning ketishi borasidagi so'zlariga ishonish mushkul. U huddi men kabi g'oliblar sirasiga kiradi. Uning taslim bo'lganiga ishonmayman! Terma jamoada sovrin yutish klub safida g'olib chiqishdan doimmo qiyinroq bo'lib kelgan. Buni inobatga olish lozim. Unga doimmo bosim o'tkazishadi va tanqid qilishadi. Shunga qarmasdan u hammasidan kuchli bo'la oladi. Messi xalqi uchun sovrin yutmagunga qadar termini tark etmaydi. Leo etakchi va u bu hislatini berkitib qo'ya olmaydi. Ketish haqidagi barcha o'ylarni ortga surib, yangi zafarlar sari harakatni boshlash kerak. U buni uddasidan chiqadi. Shaxsan men unga ishonaman!

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Jahon chempioni bo'lish tunda qovushishdan ham zavqliroq. Sababi, mundial har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi" (c) Ronaldo, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta