LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:25
KirishA'zo bo'lish
Ronaldu mag'lubiyatdanso'ng nimalar dedi?
sana 11 Avgust, 01:05 korildi 682

Hozirgina yakunlangan mavsum oldi musobaqalar doirasidagi «Atletiko Madrid» va «Yuventus» jamoalari o'rtasida uchrashuvdan so'ng, ikki klub murabbiylari jurnalistlarning savollariga javob berib o'tishdi. Shuningdek jurnalistlar Ronaldudan kichik intervyu olishga muvaffaq bo'lishdi. Hozir e'tiboringizga o'yindan so'ng bildirilgan fikrlarni taqdim etamiz.

Sarri

Bugun yigitlar yomon o'yin o'tkazishmadi. To'g'ri, natija qoniqarsiz bo'lgan bo'lsada, jamoaning o'yinlaridan ko'nglim to'ldi. Kiyinish xonasida ularga bunday uchrashuvlarda xatoga qilish mumkin bo'lsada, sustkashlikka yo'l qo'yish mumkin emasligini uqtirdim. Bugungi uchrashuvdan asosiy maqsadim hujumchilarning ham himoyada yordam berishlarini yo'lga qo'yish edi va yigitlar bu ko'rsatmani a'lo darajada amalga oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Ronaldu o'z darajasidagi navbatdagi o'yinda ishtirok etdi. Men undan har o'yinda gol kutmayman. Men uchun eng muhim jamoaning o'yinini shakillantirish. Asosiysi bu yigitlar birlashgan xolda katta g'alabalarga intilishlari lozim. «Yuventus»ning asosiy maqsadi ham aynan uyushqoq va shakillangan jamoani tuzish.

Tan olish lozim Ronaldu bu klubning eng kuchli futbolchisi va u jamoadoshlarini o'z ortidan ergashtira oladi. Shunday bo'lsada, biz maydondagi har bir futbolchidan himoyaviy o'yinda foydalanishimiz darkor. Ronaldu istalgan pozitsiyada harkat qila oladi. U eng kuchli futbolchi! Eng muhimi unga maydonda erkinlikni yaratib berishimiz. Ana shundagina u hamma kutgan ajoyib o'yinni namoyish etadi.

Simione

Ajoyib uchrashuv! Bugun mening yigitlarim ko'rsatgan natijadan juda xursandman. To'g'ri, biz himoyada xato qilyapmiz, lekin bu kamchilikni to'g'rlash uchun har mashg'ulotlar chog'ida alohida shug'ullanayotganimizni ham  qayt etish joiz. Men qo'rqmasdan Felishni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb atagan bo'lar edim. U yosh bo'lishiga qarmasdan, «Real Madrid» va «Yuventus»ga qarshi ajoyib o'yinlarni o'tkazdi. U maqtovlarga loyiq! Hademay biz ilk rasmiy uchrashuvimizni o'tkazamiz. Bugungi o'yin orqali biz yangi mavsum oldidan to'liq tayyorlanib olishga erishdik. Bu o'yinning ahamiyati katta! Biz yangi mavsumni g'alaba bilan boshlamoqchimiz va «La liga» g'olibligi uchun kurashamiz. EChL? Agar bu musobaqada g'olib chiqsak, sira hafa bo'lmas edim, lekin mavsum oldidan katta vazifani oldimga qo'ymoqchi emasman. Biz uchun «La Liga»da g'olib chiqish muhimroq!

Ronaldu

Biz yahshi o'ynadik, biroq «Atletiko» bugun bizdan kuchliroq futbol namoyish etdi. O'rtoqlik o'yini bo'lsada, men uchun «Atletiko»ga boy berilgan o'yin biroz alamli. Nima bo'lgan taqdird ham «Atleko Madrid» men uchun azaliy raqib sanaladi.

Felish? U ajoyib futbolchi. Men Portugaliya terma jamoasida shunday yigitlar o'sib kelayotganidan xursandman. Agar u ishlashda to'xtab qolmasa, katta yutuqlarni qo'lga kiritishi mumkin. Neymarning «Real Madrid»ga o'tishi borasida hech narsa deya olmayman. Neymar qaysi klubda o'ynashni tanalash huquqiga ega. Shunday bo'lsada, Neymar «Barselona» jamoasi oldidagi burchini unutmasligi lozim. «Barsa» Neymar uchun juda ko'p narsa bera oldi. Agar bu transfer amalga oshsa, juda xunuk ish bo'ladi. Shunga qaramasdan futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Agarda Neymar «Real Madrid»ga o'tsa, «qirollik klubi» dunyoning eng kuchli futbolchilardan birini qo'lga kirtadi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim" (c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta