logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:50
KirishA'zo bo'lish
Ronaldoni hayratda qoldirgan futbolchilar
 9 Oktyabr, 03:55  252

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronalo tomonidan maqtovga e'tirof etilish barcha futbolchilarga ham nasib etavermaydi. Bugun o'z o'yinlari bilan  «so'yloq»ni hayratda qoldirgan futbolchilar  va ular haqida Ronaldu tomonidan bildirilgan fikrlarni e'tiboringizga havola etamiz. Ushbu intervyular har-xil vaqtda turli nashrlar uchun berilgan bo'lib, ularni saytimiz o'quvchilari uchun bir joyga jamladik.

Muhammad Salah




Menga uning o'yinlarini tomosha qilish zavq bag'ishlaydi. U tezkor va juda foydali futbolchi bo'libgina qolmay, ajoyib inson hamdir. O'ylashimcha u o'z o'yin uslubi bilan Messiga juda o'xshab ketadi. Yaqinda uning intervyusida men haqimda aytilgan ilq so'zlarni o'qib juda xursand bo'ldim.

Eden Azar




«Real Madrid» jamoasining o'yinlarini kuzatib boraman va aynan shu jamoaga muxlislik qilaman. Ochig'I Eden Azarning transferidan ushbu klub muxlislari quvonishgani rost. Darhaqiqat, hozirda «Real» uchun yangi etakchi suv va havodek zarur edi va klub eng to'g'ri yo'lni tanladi. To'g'ri, uning o'yinlari birdaniga jamoaga naf keltirmasigi mumkin, biroq Azar top futbolchi va u hali barchaga o'z imkoniyatlarini ko'rsatib qo'yishiga ishonaman. «Real Madrid» juda ulkan klub. Unga bir zumda moslashib olishning iloji yo'q. O'ylashimcha Edenga biroz vaqt berish lozim. Ana shundagina u o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etadi.

O'rtoqlik uchrashuvida «Atletiko Madrid»dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng berilgan intervyu

Neymar




Biz braziliyaliklar uchun u allaqachon afsonaviy futbolchiga aylanib bo'lgan. Men uning qachonlardir «Real Madrid»ga o'tishini juda istayman. Hademay o'z poyoniga etadigan Messi va Ronaldu davridan so'ng, aynan Neymar dunyoning birinchi raqamli futbolchisiga aylanishiga Shubham yo'q. U juda iqtidorli va men ko'rgan eng kuchli tehnika egasi. Bizning terma jamoada uning tutgan o'rni beqiyos. To'g'ri, u «Kopa Amerika»da ishtirok etmadi, biroq uning futbolchilar bilan birga ekanligi yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishlab turdi.

«Kopa Amerika» musobaqasi finalidan so'ng berilgan intervyudan

Ronaldo va Messi



Albatta, Messi birinchi raqamli futbolchi va buni tan olish lozim. Shunday bo'lsada, Ronalduni bir chetga surib tashlash ham noo'rin. Masalan Menga Leoning to'p bilan munosabatda bo'lishi juda yoqadi. Unga o'xshash futbolchining o'yinlarini ko'rish uchun yana kamida 30 yil kutish talab etiladi. U to'p bilan istaganini qiladi. Messi istalgan daqiqada gol kiritishi yoki jamoadoshiga to'p uzatishi mumkin. Uni oldidan sezishning iloji yo'q. Ronaldu borasida ham faqat ilq fikrlar bildirishim mumkin. Menimcha ularni tinmay solishtiraverish juda noo'rin. Bu yigitlar barchaning hurmatiga loyiq kariera o'tkazishmoqda. Shunday bo'lada, ularga bo'lgan hurmatni saqlagan xolda shuni aytishim mumkinki, mening davrimda futbolchilar o'rtasidagi raqobat hozirgidan ancha kuchliroq edi.


Bu yigitlar deyarli 10 yildan ortiq vaqt mobaynida dunyoning eng kuchli futbolchisi nomini hech kimga bermayapti Mening davrimda Zidan, Rivaldo, Figo, Ronaldino, Totti, Jerrard, Anri singari mega yulduzlar mavjud edi va ular bilan «oltin to'p» uchun raqobat qilish hozirigi davrga nisbatan ancha mushkulroq vazifa ekanligini sezish mushkul emas. Bunday futbolchilar ichida uzoq vaqt mobaynida alohida ajralib turishning iloji yo'q edi desam, adashmagan bo'laman.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"Finaldagi golim qo'l bilan urilgandi? Bu Xudoning qo'li edi" (c) Diego Maradona
Bosh sahifa
Online: 0 / 24
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™