logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:02
KirishA'zo bo'lish
Rodrigo: "La Ligani yutish uchun qattiq mehnat qilyapmiz"
 22 May, 23:10  61

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Goes mavsumning ehtimoliy tiklanishi to'g'risida fikr bildirdi. 

"Birinchi haftada biz ko'proq yakka tartibda shug'ullandik, biroq endi birgalikda mashg'ulot o'tayapmiz. Endi biz bir birimizga pas berishimiz, darvozaga zarba yo'llashimiz mumkin. Mana bu futbol, sekin-sekin odatiy hayotga qaytyapmiz. 

Men karantin vaqtida uyda shug'ullandim, qilishim kerak bo'lgan barcha ishni qildim va hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Murabbiy va uning xodimlari tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni bajardim. Men shu tarzda davom etishim kerak. Asta-sekin yuqori darajamizga qaytamiz.

La Liga qaytishi haqida yaxshi bilib turibmiz, astoydil harakat qilamiz va musobaqa boshlanganda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Biz La Ligani yutmoqchimiz", -deydi Rodrigo.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
"O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi" (c) Valeriy Lobanovskiy, murabbiy.
Bosh sahifa
Online: 0 / 23
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™