logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:53
KirishA'zo bo'lish
Roberto Karlosni hayratda qoldirgan futbolchilar
 7 Oktyabr, 21:35  399

Ushbu ruknimizdagi inervyularni taqdim etishda davom etamiz. Bugun jarima zarbalari qiroli va yaqin o'tmishning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladigan afsonaviy Roberto Karlos tomonidan e'tirof etilgan futbolchilar va ular haqida Karlos bildirgan fikrlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Eden Azar

Azar «Real Madrid»da to'p surgan yuqori darajadagi futbolchilardan bir desam, adashamgan bo'laman. Aynan uning mehnatlari evaziga EChLda g'olib chiqishimiz mumkin. Bundan tashqari uning «Real»ga o'tishi ichki chempionatda ham g'olib chiqishimizga katta ko'mak beradi. Ochig'i, Hozirda Eden Azar o'z pozitsiyasida dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Madriddagi o'yinlari orqali eng kuchlisi ekanligini isbotlashi lozim. Hozir buning ayni vaqti.

Killian Mbappe

Yoshlik, tezlik, tehnika va o'yinni o'qiy olish qobiliyatiga ega bo'lgan Mbappe 20 yoshidayoq barchani o'ziga qaratishga muvaffaq bo'lmoqda. Uning Argentina terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi o'yinini ko'rib zavqlangan edim. Uning o'yinlarini ko'rganmda Tieri Anri ko'z oldimga keladi. Anridan farqli o'laroq, Mbappeda yanada o'sib ulg'ayish va ko'p narsani o'zlashtirish uchun imkoniyat mavjud.  Darhaqiqat, Killian o'z ustida ishlashda davom etsa, bir necha yildan so'ng «Oltin to'p» sovriniga ega chiqishiga Shubham yo'q.

Neymar

«Real Madrid» klubining istalgan muxlisi Neymarni o'z jamoasi safida ko'rishni istaydi. Shunday bo'lsada, bu o'tmishda qoldi va endilikda vaziyatga real ko'z bilan qaramoq zarur. U hozir Parijda baxtli va hammasi o'z o'rniga qaytmoqda. Neymar o'zi istasa, dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylanishi mumkin. Buning uchun undan tinimsiz mehnat va ma'suliyat talab etiladi.

Ronaldu yoki Messi?

Men Ronalduning mashg'ulot o'tkazishini deyarli har kuni tomosha qilar edim. Uning mehnatkashligi meni har safar hayratga solidi. Bilasimi, Krish doimo nimadir o'rganishga, nimanidir o'zlashtirishga intiladi. U bir necha yillardan beri o'sishdan to'xtab qolmayapti. Bundan tashqari, har qanday uchrashuv bo'lishidan qat'iy nazar Krish o'ta ma'suliyat bilan yondoshadi. Aynan shu jihatlari evaziga Krish Messidan ajralib turadi. To'g'ri, Leo fenomen, biroq ishga bo'lgan muhabbat, proffesionalik, motivatsiya va o'ziga bo'lgan talabchanlik borasida Ronaldu Messidan ancha ustun. Messi maydonda hech kim amalga oshira olmaydigan ishlarni osonlik bilan uddalasada, Ronaldu eng kuchli futbolchi bo'lib qolaveradi. Messi ham ko'plab rekordlarni o'rnatayotgan bo'lsada, Ronaldu futbol tarixida yorqinroq iz qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Karles Puyolning otasi yo‘l ishchisi bo‘lib ishlagan va asfalt yotqizayotganida traktor ostida qolib ketib, fojiali tarzda olamdan o‘tgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 20
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™