logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:00
KirishA'zo bo'lish
Rita — Ronaldu voz kecha olmaydigan aktrisa
 6 Noyabr, 21:50  478

Oldinroq Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu yangi mojaroga sabab bo'lib qolgani haqida yozgandik.

Hammasi “MTV Europe Music Awards” tadbirida boshlandi. Musiqa borasida sovrindorlarni taqdirlash marosimiga Ronaldu rafiqasi Jorjina Rodriges bilan tashrif buyuradi. Ayni shu paytda futbolchi va rafiqasi o'rtasida janjal yuzaga keladi. Bunga Ronalduga iliq munosabat bildirgan portugaliyalik aktrisa Rita Pereyra sababchi edi.

ESKI MUNOSABATLAR

Ronaldu va Rita bundan bir necha yil avval tanishishgan. U paytda Krishtianu rossiyalik model Irina Sheykni ham tanimasdi. Ronaldu va Rita o'rtasidagi ishqiy munosabatlar uzoq davom etmadi, ammo ularning munosabatini to'liq tugagan deb ham bo'lmasdi. Aslida, Ronaldu va Rita qandaydir mojaro yoki jiddiy sabab bilan emas, shunchaki ajrashishgandi.  O'z o'rnida Rita Pereyra Krishtianu bilan munosabatlari sira ham yomonlashmasligini ta'kidlagandi. Jumladan, Ronaldu Pereyra bilan ajrashganida ham Rita futbolchi haqida umuman salbiy fikr bildirmagandi.

Buni qarangki, Irina Sheyk bilan orasi ancha yaqin bo'lgan paytlarida ham Ronaldu hamyurti bilan aloqalarni uzmagan. Bu esa Ronaldu va Rita o'rtasidagi pinhona munosabatlarning oshkora bo'lishiga olib kelgandi. O'shanda Ronaldu bu qilig'i uchun Irinadan uzr so'ragan va Sheyk ham uni kechirgandi.

JORJINANING RAShKI QO'ZIDI

Tabiiyki, biz bilgan narsalarni Jorjina ham yaxshi biladi. Shu bois marosimda Ronalduni juda iliq qarshi olgan Rita Pereyraning qiliqlari unga yoqmadi. Aksiga olib, Ronaldu ham Ritaning munosabatiga anchagina ijobiy javob qaytargan, natijada rafiqasi va uning o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Guvohlarning aytishicha, juftlikning janjali marosim vaqtida noqulay muhitni yuzaga keltirgan. Jorjina Ronalduga nisbatan g'azabini yashirib o'tirmagan.

Ta'kidlash joizki, Ronaldu Jorjina Rodriges bilan 2017 yilda tanishgan. Bu paytda portugaliyalik yulduz onasiga etarlicha hurmat ko'rsatmagani uchun Irina Sheyk bilan orani ochiq qilgandi. Jorjina Ronalduga qiz farzand hadya etdi. Ularning shuningdek surrogat onadan tug'ilgan uchta farzandi ham bor.

 

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1930-yilgi mundialda Urugvay terma jamoasi safida bir qo‘lli futbolchi Ektor Kastro harakat qilgan. Bundan tashqari u ana shu chempionatning so‘ngi goliga mualliflik qilgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 29
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™