logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida ko'tarildi, Mirzaxalilov ilk bor ro'yxatga kiritildi

 23 MART, 2024, 11:36

WBC mart oyi uchun yangilangan reytingni e'lon qildi.

Unga ko'ra, Bahodir Jalolov 1 pog'ona yuqorilab, 12-o'ringa joylashdi. Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor mazkur reytingga kiritildi.

Shu tariqa, reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin oldi:

Super og'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydan 1 pog'ona ko'tarildi va 12-o'ringa joylashdi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev bir pog'ona pastladi va 13-o'ringa joylashdi;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Shahram G'iyosov o'tgan oydan ikki pog'ona yuqorilab, 12-o'rinni egalladi;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Jahongir Rasulov o'tgan oydagi kabi 32-o'rinni band etdi;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev bir pog'ona pastladi va 4-o'rinni egalladi;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor reytingdan joy oldi va 27-o'rinni band etdi;

Engil vazn (50,82 kg) Olimjon Nazarov 2 pog'ona yuqorilab, 32-o'ringa joylashtirildi;

Birinchi o'ta engil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do'smatovda o'zgarish yo'q — 5-o'rin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR