logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:56
KirishA'zo bo'lish
Prevyu: Engilmas jamoalar qarama-qarshiligi
 30 Iyun, 05:20  90

O'zbekiston chempionati doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to'qnashuvida 27-bellashuv.

Hozirga qadar o'tkazilgan 26 uchrashuvda jamoamiz 4 g'alaba, 9 durang va 13 mag'lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To'plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 23-41.

Ayni paytda jamoalar chempionat turnir jadvalida deyarli yonma-yon turishibdi. AGMK yakunlangan 6-turdan keyin 14 ochko bilan 2-o'rinni band etib turgan bo'lsa, "Nasaf" 12 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.

AGMK chempionatda qatorasiga 4 o'yindan buyon g'alaba qozonayotgan bo'lsa, "Nasaf" karantindan keyingi hamma o'yinda durang o'ynamoqda. E'tiborli tarafi, o'tgan turda ham AGMK ketma-ket 3 durang qayd etgan "Mash'al"ni mehmon qilgandi. Bu gal ham AGMKning navbatdagi raqibi Olmaliqqa qatorasiga 3 durang qayd etgan holda tashrif aylamoqda.

Mazkur bahs shubhasiz turning eng markaziy to'qnashuvi. Birinchidan, turnir jadvali e'tibori bilan ham bo'lajak o'yin ahamiyati yuqori va uchrashuv 6 ochkolik qadrga ega. Qo'shimchasiga, joriy mavsum Superligada hozircha umuman mag'lubiyatga uchramagan ikki engilmas jamoalarning o'zaro bahsida tarozi pallasi kimning foydasiga tortiladi, bu ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda.

"Nasaf" o'tkazilgan 6 o'yindan 3tasida g'alaba qozongan va 3 durang o'ynagan. "Nasaf"ning kiritgan gollariga Bobir Abdixoliqov (4), Sharof Muhitdinov (2), Marko Stanoevich (2) va Oybek Bozorov mualliflik qilishgan.

Jamoamiz chempionatda eng kam gol (-2) o'tkazib yuborgan jamoa sanaladi. AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov, Elguja Grigalashvili va Bahrom Abduraximov mualliflik qilishgan.

AGMK O'zbekiston milliy chempionatida o'tkazgan 345 o'yindan 123tasida g'alaba qozongan, 150 mag'lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 472-503.

AGMK - "Nasaf" uchrashuvi 2 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 20:00da boshlanadi. O'yin karantin talab va qoidalariga muvofiq tarzda tomoshabinlarsiz o'tkaziladi.

Uchrashuvni MTRK tarmog'idagi "Oilaviy" kanali jonli efirda namoyish qiladi.

Superliga, 7-tur
2 iyul, payshanba.
AGMK – NASAF
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Husniddin Bahodirov, Dostonbek Rahmonov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
2002-yilda o'tkazilgan Jahon Chempionatida bironta ham 2 metr bo'yga ega futbolchi topilmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com