logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Pike: «Zaxira futbolchisi sifatida faoliyatimni yakunlay olmayman»

 24 OKTYABR, 18:15 25

.

«Barselona» vitse-sardori Jerar Pike futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men o'zimni borgan sari faxriydek his qilmayapman. Yaqinda Chempionlar ligasida «Barsa» uchun gol urgan eng keksa futbolchi sifatida qayd etildim va ochig'i, bu meni xafa qildi.

Jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlansam, buni his qilaman. Men endi maydonda eng tezkor bo'lolmayapman, lekin baribir eng yaxshilar bilan kurasha olaman va o'zimni ulardan kam emasligimni his qilaman. Shunday ekan, men o'ynayman.

Faoliyatimni «Barsa»da yakunlayman. Bu aniq. Ammo zaxira futbolchisi sifatida faoliyatimni yakunlay olmayman.

Ko'ramiz. Agar men uch oy zahirada o'tirsam, keyin o'ynash navbatim kelsaku mayli. Ammo butun yil bu takrorlanishi ham mumkin. Yo'q, men buni xohlamayman», deydi Pike.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR