logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:32
KirishA'zo bo'lish
"Paxtakor" O'zbekiston chempionatida 1900-goliga yaqinlashmoqda
 1 Avgust, 17:37  20

"Paxtakor" tez orada O'zbekiston chempionatida birinchi bo'lib 1900-to'pini kiritishi mumkin.

Hozirga qadar "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatida kiritgan jami to'plari soni 1882ta etdi. Yana 18 gol urilgach, jamoamiz o'zining yubiley 1900-to'pini nishonlaydi. "Paxtakor"dan keyin bu borada ayni paytda Pro ligada ishtirok etayotgan "Neftchi" bo'lib, farg'onaliklar 1566 gol urishgan.

O'zbekiston chempionatida "Sherlar" 837 o'yinning 571tasida zafar quchishgan. 134 durang va 132 mag'lubiyat qayd etilgan. SSSR chempionati bilan qo'shib hisoblaganda esa "Paxtakor" chempionatlarda jami 2079 uchrashuvda maydonga tushib, 1013 g'alaba, 483 durang hamda 583 mag'lubiyatga ega. Raqib darvozasi 3464 marta ishg'ol qilingan. Darvozamizdan 2309 gol o'tkazib yuborilgan.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1950-yilgi Jahon chempionatida FIFA butsasiz (oyoqyalang) futbol o’ynashga ruxsat bermagani uchun Hindiston terma jamoasi ortga qaytishga majbur bo’lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 44
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Butsa.uz@gmail.com