logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ozil: "Barselona" darajasini yo'qotgani uchun "El-klasiko"ning qiymati tushib ketmoqda"

 20 APREL, 2024, 11:00

"Real"ning sobiq hujumkor yarim himoyachisi Mesut Ozil "Los Blancos" va "Barselona" o'rtasidagi qarama-qarshilikning hozirgi holati haqida gapirdi.

“Men o'ynaganimda, bu dunyodagi eng muhim futbol uchrashuvi edi. O'sha yillardagi "Barselona" ehtimol tarixdagi eng yaxshi "Barselona" bo'lgan. Gvardiolaning o'sha davrdagi "Barsa"si hozirgi jamoadan yaqqol farq qiladi.

Nazarimda, hozir dunyoning diqqat-e'tibori ko'proq “Liverpul” – “Manchester Siti” yoki Angliya chempionatining boshqa o'yinlariga qaratilgan. "El-Klasiko"ning darajasi pasayib bormoqda, bu achinarli. Lekin bunda "Real"ni ayblamaslik kerak, chunki ular dunyoning eng zo'r jamoalaridan biri. Muammo o'z salohiyatini boy bergan "Barselona"da", - deya Ozil so'zlarini keltiradi Marca.

21 aprel, yakshanba kuni “Real” Ispaniya Primerasining 32-turi doirasida “Barselona” bilan o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR