LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:02
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
O'zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyada milliy kamonchilik sirlarini o'rganishmoqda
sana 15 Aprel, 22:08 korildi 5

Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan kamondan otish sporti dunyoning har bir mamlakatida rivojlanib bormoqda. Turkiyalik kamonbozlar milliy kamonlar yasash bo'yicha jahonda etakchi hisoblanib, bugungi kunda ham o'z ishining ustalari bu hunarni davom ettirishmoqda. O'zbekiston kamondan otish federatsiyasi Turkiya etnosport va kamonchilar fondi konfederatsiyasi bilan hamkorlikni yanada keng yo'lga qo'ymoqda.

Ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tuzilgan shartnoma bo'limlaridan birida sportchilarimizga milliy kamonlarni tayyorlash ham kiritilgan. Ushbu o'quv darslari O'zbekiston kamondan otish sportini rivojlantirish yo'lida qo'yilgan muhim jarayonlardandir. Yana bir qiziqarli jihati shundaki, O'zbekiston kamondan otish federatsiyasi tarixida bunday amaliyot hech qachon bo'lmagan.

Mazkur o'quv jarayonida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etishmoqda:1. Abbosjon Minavarov2. Ergashbek A'zamov3. Shamsiddin Abduqahhorov4. Marina Savinova5. Saidaxon Maksumova6. Dilnozaxon Ahmadjonova

O'quv mashqi 1 aprelda boshlangan bo'lib, oy oxirigacha davom etadi. Kamonchilarimiz bilan turkiyalik mutaxassislarning o'zlari bu jarayonda ishtirok etishmoqda.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
"Manchester Yunayted" APLdagi o'yinlarda birinchi bo'limdan so'ng hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa, o'sha o'yinda xech qachon yutqazmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta