LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:29
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston figurali uchish bo'yicha jahon chempionatini qabul qilishga da'vogarlik qilmoqda
sana 12 Iyun, 11:50 korildi 29

Poytaxtimizda “Humo arena” ko'p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatini yaratmoqda.

Ushbu arenada ko'plab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish mumkin.


Yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish va ularni aholi orasida yanada ommalashtirish maqsadida qator istiqbolli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston 2022 yili figurali uchish bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionatini qabul qilish niyatida. Bu borada Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirilgan va O'zbekiston bu borada ayni paytda yakka da'vogar bo'lib turibdi.

Musobaqa 2022 yilning 7-13 mart kunlari “Humo arena” muz saroyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
«Milan» forvardi Aleshandro Patoning Stefani Briti bilan nikoh to‘yiga Braziliya prezidenti Ignasio Lula ham tashrif buyurgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta