logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:42
KirishA'zo bo'lish
O'tgan mavsum, Kapadze-Miklyaev tandemi, dastlabki o'yindagi gol – G'ulom-Haydar G'ulomov bilan intervyu
  13 Yanvar, 21:10  26

.

«Lokomotiv»ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgan G'ulom-Haydar Gulyamov 2020 yilgi mavsum, undagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

– G'ulom, siz muxlislar tomonidan o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildingiz. Bu haqida gapirsangiz, chunki, muxlislarning e'tiborida bo'lish oson emas.

– Meni tanlashganidan xursandman. Menga ovoz bermaganlarga ham rahmat aytaman. Ovoz berish yakunlariga ko'ra, g'olib bo'laman deb o'ylamagandim. Biroq ushbu ro'yxatga kirmagan ko'plab futbolchilarni sanab o'tishim ham mumkin. Ushbu mavsumda jamoada barcha frontda ajoyib kurash bo'ldi. Muxlislarga rahmat deb qolamiz. Ular bizni karantin pandemiyasi vaqtida ham, sovuq ob-havoda ham qo'llab-quvvatlab turishdi. Doimo ularni jamoaning 12-a'zosi deb hisoblayman.

Shuningdek, barchani Yangi yil bayrami bilan ham tabriklab qolaman. O'zingiz va yaqinlaringizning salomat bo'lsin, yangi mavsum omadli kelsin. Barchamiz birgalikda harakat qilamiz. 2021 yilda medallar uchun kurashamiz.

– «Lokomotiv»ga mavsum yarmida kelgan bo'lsangizda, tezda moslashib ketdingiz. Klubdagilar sizni qanday kutib olishdi?

– «Lokomotiv»ga o'tishga birdaniga rozilik berdim. Bu erda boshqa jamoada birga o'ynagan sobiq jamoadoshlarim bor. Shu sababli jamoaga moslashish qiyin kechmadi.

– «Lokomotiv» turnir jadvalida o'zining darajasida bo'lmagan o'rnida turgani sizni tashvishga solmadimi?

– Yo'q. Futbolda bo'lib turadi. Qachondir jamoaning ishlari ortga qarab ketadi, g'alabalar ham ko'payadi. professional futbolchi sifatida bunga doim tayyor turishim kerak. Ikkinchi davrada o'ynagan futbolchilar esa jamoani oldingi holatiga qaytarishga harakat qilishdi. Ikkinchi davrada atigi 2 o'yinda yutqazdik. Unda yo'l qo'yilgan xatolarni esa biz o'zimiz uchun dars sifatida qabul qildik. O'tgan o'yinlardan etarlicha xulosa chiqarib, yangi mavsum oldidan xatolar borasida ishlaymiz.

– «Lokomotiv» tarkibida ilk o'yindayoq gol urdingiz. Ushbu gol haqida gapirsangiz.

– Shunday debyut bo'lganidan juda xursandman. Bu holat mening keyingi o'yinlarimga ham kuch berdi. «Lokomotiv» tarkibidagi ilk rasmiy o'yinim edi – zaxiradan maydonga tushdim va gol urdim. O'yin juda og'ir kechayotgandi, 10 kishi bo'lib qolgandik.

– Jarima zarbasini tepishni oldindan bilganmidingiz?

– Yo'q, bilmagandim. Biroq maydonga tushishdan oldin standartlar tepishni istagandim. Jamoaning g'alabasiga o'zimning munosib hissamni qo'shmoqchi bo'ldim. Kaxi Maxaradze yonimda turgandi. Undan jarima zarbasini tepishni so'radim. U o'shanda menga: «Hech qisi yo'q, o'zingga ishonsang, tepaver», dedi. Unga javob tariqasida shunday gol urdim.

– Jamoaning ichki atmosferasi haqida nima deya olasiz? Futbolchilardan kimlar xazilkash? Kimlar esa juda jiddiy?

– Barchamizning umumiy tilimiz bor, kollektiv bilan juda tez do'stlashib ketasiz. Klubdagilarni esa bir oila deya olaman. Bu borada hech qanday muammolarga duch kelmadim. Jamoaning eng xazilkash futbolchilari sifatida Marat Bikmaev hamda Kaxi Maxaradzeni aytgan bo'lardim. Ular odatda juda ko'p xazil gaplar ishlatadi. Hech kim bundan xafa bo'lmaydi, aksincha, ko'pchilikning kayfiyati ko'tariladi. Jiddiylar esa Sherzod Fayziev hamda Shuhrat Muhammadiev. Ular juda bosiq, hatto, hayotda ham shunday.

– Kapadze-Miklyaev tandemi haqida nima deya olasiz? Ularning kuchi nimada?

– Ularning ishini so'z bilan tariflash qiyin. Masalan, Kapadze juda extirosli murabbiy. U mashg'ulotlarda o'zini yondirishga ham tayyor. Uning o'z maqsadi yo'lida ko'zlab qo'ygan rejalari bor – ya'ni, istagan narsasiga erishishga intiladi. O'z talablarini futbolchilarga tushunarli

– Keling, jamoamizda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lganingizga qaytamiz. Siz ko'plab o'yinlarda MVP bo'ldingiz. Qaysi o'yinlar ko'proq yodingizda qoldi?

– To'g'risini aytsam, o'zimning harakatlarim unchalik yodda yo'q. Chunki har bir uchrashuvda bor kuchim bilan harakat qilaman. Gol urgan «Andijon»ga qarshi o'yinda ham bor kuchimni maydonga tashlaganman.

Shuningdek, «Buxoro»ga qarshi o'yin. Yodda qolarli tomoni shundaki, men jamoa bilan birga o'yinga bormaganman. Chunki menda koronavirusning shubxali testi aniqlandi. Yakunda jamoadagilar meni kutishmadi, men esa javoblarni kutdim. Virus aniqlanmaganidan keyin esa men kechasi taksiga o'tirib, Buxoroga ketdim. Dam olishga va mashg'ulot qilishga ulgurmadim. O'yinda Shuhrat Muhammadiev qizil kartochka oldi, men esa o'zim uchun noodatiy bo'lgan o'ng qanot himoyasida harakat qildim. Bir pozisiyadan ikkinchi pozisiyaga o'tish oson emas. O'shanda safarda 3:1 hisobida g'alabaga erishgandik.

Va albatta, «Bunyodkor» bilan derbi ham yoddan chiqmaydi. O'shanda ham himoyada o'ynagandim. G'alabadan ko'plab ajoyib hissiyotlar qolgandi. Mavsum yakunlanish arafasida esa Marat Bikmaev g'alaba golini urgan AGMKga qarshi o'yin ham yoddan chiqmaydi. Qor va sovuq havo bo'lishiga qaramasdan o'yin dramatik va hujumkor tarzda o'tgandi.

– Yaqin vaqtlar ichida jamoa mashg'ulotlarga qaytadi. Klub rahbariyati bilan 2021 yil rejalari borasida gaplashib oldingizmi?

– Yig'ilish bo'ldi va bosh murabbiy tanishtirildi. Unda evropacha mentalitet borligi ko'rinib turibdi. Shunday ajoyib mutaxassis bilan birga ishlash qiziqarli bo'ladi. Rahbariyat ham oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilganini ma'lum qildi.

– «Lokomotiv»ni uch so'z bilan tavsiflab bering.

– Shunday deya olaman: Tartib. Birdamlik. Ijobiylik.

– Kirib kelgan 2021 yil bilan muxlislarni tabriklashingiz mumkin.

– Muxlislarimizga omad, sog'liq tilayman, chunki ayni paytda holat unchalik yaxshi emas. Yaqinlaringiz sog' bo'lsin. Ijobiy kayfiyatlar, hujumchilarga ko'proq gollar, darvozabonlarga «quruq o'yinlar» va 2021 yilgi mavsumda ko'proq ijobiy xotiralar qolishini tilab qolaman. Biz ham bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Sizlarni uyaltirib qo'ymaymiz.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Bosh sahifa
Online: 1 / 19
Foydalanuvchi qoidalari