LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:18
KirishA'zo bo'lish
Oston Urunov: «Maydon chimi sababli o'yinni jarohat bilan o'tkazishga majbur bo'ldim»
sana 12 Iyun, 12:25 korildi 44

O'zbekiston va Suriya o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Oston Urunov saytimiz uchun  qisqa intervyu berdi.

Oston avvalambor g'alaba muborak. Uchrashuv haqida fikringiz, o'yin qanday o'tdi?

- O'yin yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. Murabbiyning ko'rsatmalarini aniq amalga oshirib ajoyib o'yin ko'rsatdik. Stadiondagi muhit ham o'yinga yarasha bo'ldi.Bunday muhit yaratib bergani uchun muxlislarga katta rahmat.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoaga ilk marta chaqirildingiz. Ektor Kuper haqida qanday fikrdasiz?

- Kuper juda ajoyib inson. Futbolchilarning ko'ngliga juda tez yo'l topa oladi. U futbolchilar har tomonlama mukammal bo'lishini xohlaydi. Murabbiylik faoliyatiga keladigan bo'lsak, hammasi ajoyib . Bu yig'inda o'zim uchun ko'p narsalar o'rgandim.

Ektor Kuper bilan JCh-2022ga chiqa olamizmi?

- Ha, Xudo xohlasa chiqamiz. Biz futbolchilar ham buning uchun borimizni berib harakat qilamiz.

“Milliy” stadionning chimi yangilangandan so'ng ikkita o'yin o'tkazildi. Sizningcha, stadionning maysasi bunday o'yinlarga tayyormidi?

- Maydon chimini yaxshi demagan bo'lardim. Maydonning chimi sababli kecha uchrashuvning boshida darvozaga zarba beraman deb jarohat oldim va shu tariqa o'yinni jarohat bilan o'tkazishga majbur bo'ldim.

Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim" (c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta