logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Nacho nima uchun "Real"dan ketayotgani ma'lum bo'ldi

 20 APREL, 2024, 12:24

Insayder Fabritsio Romano "Real" himoyachisi Nacho nima sababdan mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida ma'lumot berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Nacho hozirgi paytda "Real"ni tark etish to'g'ri qaror deb hisoblaydi. Futbolchi Madriddagi faoliyatini eng yuqori nuqtada hamda yaxshi jismoniy holatda yakunlamoqchi. Uning jamoadan ketishiga klub rahbariyatining aloqasi yo'q, bu Nachoning shaxsiy qarori.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga avvalroq "Inter" qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR