logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:50
KirishA'zo bo'lish
Odil Ahmedov: «Jahon chempionatiga chiqishni sizlardan ko'proq xohlayman»
 9 Oktyabr, 18:20  63

Xabaringiz bor, ertaga Osiyo yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Yaman termasini qabul qiladi. Bugun uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va terma jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi.

–  Assalomu alaykum, oldimizda turgan maqsadga erish uchun bundan buyog'iga har bitta o'yinda g'alaba qozonishimiz shart. Ishoning, jahon chempionatiga chiqishni sizlardan 100 barobar ko'proq xohlayman. Bu futbol, unda ertaga nima bo'lishini bilmaysan. Men terma jamoa safida maydonga tushgan har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman. Klublarda qandaydir omadli o'yinlarim bo'lgan, ammo terma jamoa bilan hali hech narsa yutmadim. Juda xohlagan bo'lardim, terma jamoa darajasidagi sovrinni ham muzeyimga qo'yishni.

Ichki muhit terma jamoada har doim yaxshi bo'lgan. Qaysi murabbiy bo'lishidan qat'iy nazar, terma jamoaga kelgan futbolchi ichki muhitga ta'sir o'tkazmagan. Har bir murabbiyning o'z taktikasi bor. Kuper himoyaviy o'yin namoyish etardi, bu esa ba'zi o'yinlarda bizga to'g'ri kelmadi. Iste'foga ham shu sabab bo'ldi, deb o'ylayman.  Yaxshi o'yin uchun yaxshi maydon kerak. Bunga qadar «Bunyodkor» stadionida muammo bo'lardi. «Paxtakor» o'yin o'tkazish uchun ideal maydonga ega.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
BONUS: Rejissiyor, aktyor, O'zbekiston xalq artisti Yodgor Sadiev ham o'z vaqtida "Paxtakor" darvozaboni bo'lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 24
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™