logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:31
KirishA'zo bo'lish
OChL. Otabek Shukurov jamoasi mag'lub bo'ldi, «As-Sadd» 6 ta gol urilgan o'yinda ochko yo'qotdi
 16 Sentyabr, 09:15  42

Osiyo Chempionlar Ligasining ikkita guruhida 15 sentyabr, seshanba kuni 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"C" guruhida harakat qilayotgan «Sharja» jamoasi «Ad-Duhayl» bilan bahs yuritdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Almoiz Ali qatarliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'lim debyutida Ramin Rizoyan jamoasining ikkinchi golini urdi. Bunga BAA klubi 59-daqiqada Igor Koronadoning goli bilan javob qaytardi.

Mazkur bahsda amirliklar safiga to'p tepuvchi o'zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov to'liq harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o'yinida «Persepolis» va «At-Tovun» jamoalari o'zaro bahs yuritdi. Shoja Xalilzoda tomonidan 83-daqiqada urilgan gol forslarga g'alaba keltirdi.

"D" guruhi peshqadamlaridan biri «As-Sadd» BAAning «Al-Ayn» jamoasi bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Guruhining ikkinchi o'yinida «An-Nassr» Abdurazzoq Hamdullohning ikkita goli evaziga «Sepahon»dan ustun keldi.

OChL, 3-tur bahslari
15 sentyabr, seshanba
«Ad-Duhayl» Qatar — «Sharja» BAA 2:1
Gollar: 1:0 – 42 Almoiz Ali, 2:0 – 52 Rizoyan, 2:1 – 59, penalti Koronado.

«Persepolis» Eron — «At-Tovun» Saudiya Arabistoni 1:0
Gol: 1:0 – 83 Xalilzoda.

«Al-Ayn» BAA — «As-Sadd» Qatar 3:3
Gollar: 1:0 – 5 Laba, 1:1 – 35 Afif, 2:1 – 39 Islomxon, 2:2 – 55 Kasorla, 2:3 – 61 Bunedja, 3:3 – 67, avtogol Xuxi.

«Sepahon» Eron — «An-Nassr» Saudiya Arabistoni 0:2
Gollar: 0:1 – 29 Hamdulloh, 0:2 – 48 Hamdulloh.

Manba: stadion.uz

 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Neymar JCH 2018dagi 14 daqiqa vaqtini maydonda yotish bilan o'tkazgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 22
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
butsa.uz@gmail.com