LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:07
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
OAV vakillarini o'zbek futbolining yangi kitob-entsiklopediyasi taqdimotiga taklif etamiz
sana 15 Aprel, 18:34 korildi 4

Ertaga 16 aprel kuni soat 10:30 da Milliy olimpiya qo'mitasining majlislar zalida taniqli futbol faxriysi, o'zbek futbol sharhlovchiligi maktabi asoschilaridan biri, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, “Oltin qalam” milliy mukofoti laureati Axbor Imomxo'jaev yangi kitobining taqdimotini o'tkazadi.

O'zbek futbolining 100 yilligiga bag'ishlab yozilgan “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” nomli kitobi Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko'magi ostida nashrdan chiqdi.

800 sahifadan iborat ushbu kitobda o'zbek futboliga oid ko'plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlarni ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, unda futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator qimmatli ma'lumotlar uchraydi.

Axbor Rustamovich ushbu kitob ustida roppa rosa 12 yil ishladi. O'zbek futboli entsiklopediyasi, deb atash ham mumkin bo'lgan mazkur kitobning chop etilishi nafaqat muallif hayoti, balki o'zbek futboli tarixida ham muhim ahamiyatga ega.

Hurmatli OAV vakillari, sizlarni ushbu kitobning taqdimot marosimida ishtirok etishga taklif etamiz!

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
APL tashkil topganidan beri xech qaysi ingliz murabbiyi mazkur turnirda chempion bo'lmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 24
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta