logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:16
KirishA'zo bo'lish
No''mon Hasanov: «Penaltidan gol ura olmaganimiz bir tarafdan yaxshi ham bo'ldi»
 20 Noyabr, 22:02  34

"Navbahor" bosh murabbiyi No''mon Hasanov Superliganing 23-turi doirasida bo'lib o'tgan "Surxon"ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Avvalo bugungi g'alaba bilan barchani, ushbu yutug'imizda munosib hissalari bo'lgan viloyat hokimi, klub rahbariyati, klubimiz homiylari, shuningdek, muxlislar hamda yaxshi o'yin namoyish etgan futbolchilarni tabriklayman. Bugungi g'alaba yigitlarga qo'shimcha ruh bag'ishlaydi, degan umiddaman. Chunki qatorasiga 3ta uchrashuvdan buyon zafar quchyapmiz. Hali oldinda Superliga va O'zbekiston kubogi o'yinlari bor va  g'alabalarimiz bardavom bo'ladi, degan niyatdaman.

Bugungi o'yin borasida gapiradigan bo'lsam, uchrashuv juda yoqdi. To'g'ri,  kichik hisobda g'alaba qozondik. Biroq, futbolchilar berilgan ko'rsatmalarga amal qilgan holda, to'pni bir-birlariga aniq oshirgan holda, rohatlanib, to'p surishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida jamoamizda ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Hattoki, penaltini ham urolmadik. Lekin, bu bir tarafdan yaxshi ham bo'ldi. Boisi, futbolchilar 2-bo'limda maydonga xuddi hisob 0:0 bo'lganidek, chiqishdi hamda yakunda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi", — dedi No''mon Hasanov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
1930-yilgi mundialda Urugvay terma jamoasi safida bir qo‘lli futbolchi Ektor Kastro harakat qilgan. Bundan tashqari u ana shu chempionatning so‘ngi goliga mualliflik qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 32
Foydalanuvchi qoidalari
most
© BUTSA.NET, 2018–2020™
Контакты