LOGOTIPE
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:27
KirishA'zo bo'lish
Neymar va Messi ortasida kichik nizo paydo bo'ldi
sana 12 Iyun, 16:30 korildi 414

«Copa Amerika» musobaqasi boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Butun dunyoning e'tibor markazida bo'luvchi ushbu turnirga ko'pchilikda qiziqish katta. Bu musobaqada fovorit sanaladigan azaliy raqiblar Braziliya va Argentina terma jamoalari allaqachon OAV orqali kurashni boshlab yuborishdi. Avvaliga Neymar o'z intervyusi bilan Messi haqida fikr bildirgan bo'lsa, ko'p o'tmay Leo sobiq jamoadoshiga javob qaytardi. Ushbu intervyularni e'tiboringizga havola etamiz

Neymar

So'nggi paytlarda meni omadsizliklar quvib yurganga o'xshaydi. Karieramda ham, shaxsiy hayotimda ham muammolarga o'ralashib qoldim. Mehmonxonadagi qiz voqeasi qanday yakun topganidan xabaringiz bor. Men oqlandim va haqiqat yuzaga chiqdi. Bu mavzuga boshqa qaytishni istamayman. Yana shuni ta'kidlab o'tishim joizki, o'z jarohatimni jiddiy deb hisoblamayman. Sababi, shifokorlarim men bilan tinimsiz ishlashmoqda.  Umid qilamanki  1-uchrashuvga qadar hamma muommolarni engib maydonga tushaman. Agarda  jarohatimni to'liq engishning iloji bo'lmasa, hal qiluvchi uchrashuvlarda jamoamga yordam beraman. Bu musobaqani o'tkazib yuborish niyyatim yo'q. Men Braziliyani bu turnirdagi yaqqol fovorit deb bilaman va chempionlik uchun oxirigacha kurash olib boramiz.  Argentina terma jamoa sifatida bizdan ancha orqada. To'g'ri, ular safida Messi bor va uni hurmat qilaman, lekin bitta Messining o'zi butun jamoani har doim ham tortib yura olmaydi. Argentinada jangovor tarkib bo'lsada, ular ko'pincha  muhim uchrashuvlarda o'zlarini ko'rsata olishmaydi. Agarda bu ikki terma jamoaning musobaqa davomida yo'llari kesishadigan bo'lsa, Braziliya g'olib bo'lishiga aminman. To'g'risi, bu musobaqa uchun ham ruhan, ham  jismonan katta tayyorgarlik ko'rdik va chempion bo'lish maqsadidagina maydonga tushamiz.

Bu intervyudan so'ng  Argentinalik muxlislar va futbolchilarning  Neymarga bo'lgan «hurmat»lari yanada oshgan bo'lsa, ajab emas! Argentinaning o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'tkazgan matbuot anjumanida ayni shu intervyu haqida Messiga savol berildi. Leo esa hurmat doirasidan chiqmagan  holda Neymarning intervyusiga javob qaytardi

Messi

Biz ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik va yirik hisobda g'alaba qozonishni uddaladik. Hozir biz uchun eng muhimi shu. Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi. Sababi, katta musobaqa oldidan futbolchilarda o'z kuchiga ishonch hosil bo'lishi suv va havodek zarur. Biz katta musobaqada ishtirok etishga tayyormiz. Natijani avvaldan qayd etish ko'pincha yaxshi holatlarga olib kelmasada, biz eng yaxshisiga umid qilyapmiz. Neymarning so'zlarida jon bordek. Uning intervyu berishga haqqi bor va bu bizga zarracha ta'sir o'tkazmaydi. Sababi, men o'z jamoamni fovorit deb hisoblamayman va boshqalar ham shunday o'ylashini istayman. Nega deysizmi? Gap shundaki atrofdagi insonlar sizni fovorit deb hisoblasa, bu jamoaga katta bosim yuklaydi. Katta musobaqalarda bunday bosim futbolchiga faqat va faqat ziyon keltirishi hammaga ayon. O'zi bizga bo'layotgan bosimning o'zi ham etarlicha va bizga bundan ortiqchasi kerak emas. Neymarning Braziliya terma jamoasi haqida aytilgan so'zlariga qisman qo'shilaman.

Aslida qit'a chempionatida Braziliya va Argentina doimo fovorit sanalib kelingan. Bu shunday davom etayotganidan hursandman. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, Braziliya chempionlik uchun asosiy da'vogar va bizga ortiqcha bosim kerak emas.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Alan Shirer yoshligida duradgor bo‘lishni orzu qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 31
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™
По всем вопросам: @wapusta