logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:56
KirishA'zo bo'lish
Neymar Messiga javob qaytardi
 9 Iyul, 14:05  687

«Kopa Amerika» musobaqasi yakunlangach, Messi tomonidan musobaqa keskin tanqid qilinganidan xabaringiz bor. Aynan shu intervyudan so'ng argentinalik futbolchi katta bosim ostida qolib ketdi. Xatto uni 2 yilga terma jamoa uchrashuvlarida ishtirok etish huquqidan mahrum qilish jazosi qo'llanishi ham hech gap emas. Messi tomonidan Braziliya futboli va hakamlik borasida aytilgan so'zlardan so'ng Neymar sobiq jamoadoshiga javob berdi. Bugun e'tiboringizga avvaliga Messining intervyusini to'liq shakilda, so'ngra Neymar tomonidan aytilgan fikrlarni havola etamiz.

Messi

2 ta qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda hakam qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Nari borsa, sariq kartochka ko'rsatishi shart edi. Eng asosiysi, terma o'z faoliyatini ko'ngildagidek yakunladi. Shunday bo'lsada, hakamning qarorini qayta ko'rib chiqish zarur degan fikrdaman. Afsuski, bunday hakamlarga VAR ham yordam bera olmaydi. Men chetlatilganim sababli biroz qizishib ketgan bo'lsamda, xotirjamligimni saqlab turibman. Men taqdirlash marosimida atayin ishtirok etmadim. Nega deysizmi? Men bu pora aralashgan musobaqaning bir bo'lagi bo'lishni istamadim, xolos. Biz o'zimiz kutgan natijaga erisha olmagan bo'lsakda, o'zimizning o'yinimiz bilan finaldagi jamoalardan zarracha qolishmadik deb hisoblayman. Sababi, biz o'yindan-o'yinga qo'shib borayotgan edik. Yana qaytaraman, pora  va nohaq hakamlik tufayli muxlislar uchrashuvlardan rohatlana olishmadi. Men Braziliya chempion bo'lishiga zarracha shubxa qilmagan edim. Sababi, bu musobaqa aynan shu maqsadda tashkillashtirilgani avvaldan ma'lum bo'lib qoldi. Peruga finalda VAR ham yordam bera olmasligi kundek ravshan edi.

Medel

Men Messi bilan to'qnash kelgan vaziyatimizda sariq kartochka berishlari haqida ham  o'ylamagan edim. Hakam esa  birdaniga qizil kartochkalarni ko'rsatdi va bizni maydondan chetlatdi. To'g'risi, bunday kichik epizod uchun maydondan chetlatmasdan ham vaziyatni boshqaruvda ushlab turish mumkin edi.

Konemol matbuot markazi

Bu futbol. Unda ba'zan g'alaba, ba'zan esa mag'lubiyat. Halol o'yinning asosiy omili bu mag'lubiyatni chiroyli tan ola bilish va  o'rtadagi hurmatga putur etkazmaslikda. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar orasida hech qanday nohaqlikka yo'l qo'yilmadi. Ayrim bahsli qarorlar sababli  butun boshli musobaqaning sha'niga yoqimsiz so'zlarni aytish turnirga bo'lgan ulkan behurmatlik sifatida qabul qilinadi. Bu nafaqat musobaqaning, balki uning tashkilotchilari va «Konmebol»da faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq mutaxassislarning mehnatlarini erga urushdek bir gap. Bu tashkilot 2016 yildan beri Janubiy Amerikada futbolning shaffofligini ta'minlash yo'lida tinimsiz mehnat qilib kelmqoda.

Neymar

Men Messi tomonidan Braziliya futboli va kelishilgan uchrashuvlar  aytilgan so'zlarga qo'shilmayman. Bu g'irt yolg'on. To'g'ri,  bu musobaqa hakamlar bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi, ammo bu butun boshli musobaqa yomon o'tdi degani emas. Bu kabi xatolar boshqa qit'a chempionatlarida ham uchrab turadi. Bundan falokat yasashning xojati yo'q.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
 Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli fakt va iqtiboslar
Rayan Giggz faoliyatini Manchester shahrining ikkinchi klubi – «Manchester Siti»da boshlagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 14
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™