logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:26
KirishA'zo bo'lish
Tite: «Neymar ulg'aydi, u endi yosh bola emas»

23 DEKABR, 17:41 158

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite hujumchi Neymarni nima uchun jamoa sardori sifatida qoldirganiga izoh berdi. Mutaxassisning ushbu qarori mamlakat futbol jamoatchiligi tomonidan tanqidlarga sabab bo'lgan edi.

«Neymar – ko'ngli ochiq, ajoyib xarakterga ega inson. Hammasi yaxshi bo'lib turganida murabbiyning qo'llab-quvvatlashi shart emas. Men unga qo'shimcha masuliyat yuklash orqali uni qo'llamoqchiman. Muhim lahzalarda bu qo'llov unga kerak bo'ladi, bu – masuliyat hissi demakdir. Neymar endi yosh bola emas, uyg'aygan katta yoshli inson. U endi lider bo'la oladi», – degan Titening so'zlarini keltirdi SporTV.

Malumot uchun, Neymar 2018 yilda Braziliya termasining 13 o'yinida maydonga tushib, 7ta gol muallifi bo'ldi. U «pentakampeonlar» safida jami 96ta uchrashuv o'tkazgan bo'lib, 60ta gol urgan.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25