logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Nigeriyalik ayol futbolchi golni nishonlash uchun libosini echib tashladi (foto)

 27 IYUL, 2023, 18:44

Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Asisat Oshoala Ayollar o'rtasidagi JCh-2023 guruh bosqichi 2-turida Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'yinda (3:2) gol urdi va golni yorqin nishonladi.

Afrikalik ayol futbolchi xursandchilikda libosini echib, Avstraliyadagi "Brisben" stadioni tribunalari tomon yo'l oldi. Aynan Oshoalaning goli Nigeriya terma jamoasiga g'alaba keltirdi.

Nigeriya terma jamoasi 2023 yilgi jahon chempionatida Kanada termasi bilan durang o'ynab (0:0) va Avstraliyani mag'lub etib, 4 ochko jamg'ardi. 31 iyul kuni Oshoala jamoadoshlari Irlandiya bilan bahs olib, turnirning guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi. Nigeriyaliklar va irlandiyalik ayollar o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.



Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR