logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Sen bo'lmasang - boshqasi!" - "Al-Hilol" Mbappeni o'rniga boshqa hujumchiga qiziqish bildirmoqda

 27 IYUL, 2023, 18:11

Kilian Mbappe Saudiya chempionatiga ko'chib o'tishdan bosh tortganidan so'ng, "Al-Hilol" yangi maqsadni tanladi.

L’Équipe nashri xabariga ko'ra, "Al-Hilol" "PSJ" hujumchisini qo'lga kiritish imkoniyati nihoyatda past ekanini tushunadi. Shu sababli, klub "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenga taklif yuborishga tayyor.

Oldinroq Mbappe "PSJ"ga 300 million evro taklif qilgan "Al-Hilol" bilan muzokara qilishdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.

Yozgi transferlar vaqtida "Napoli" Osimxen uchun 150-180 million evro talab qilayotgani bir necha bor xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR