logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"MYu"ning sobiq hujumchisi: "Ronaldu Saudiyaga pul uchun kelgan"

 27 IYUL, 2023, 17:33

"Al-Hilol"ning sobiq hujumchisi Odion Igalo Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabaringiz bor, 2023 yil boshidan buyon portugaliyalik yulduz “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda.

"Biz ishtiyoq uchun emas, pul uchun o'ynaymiz. Krishtianu Ronaldu butun faoliyati davomida mendan 100 barobar ko'p maosh oldi, ammo u Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. U buni ehtiros uchun qilganmi? Yo'q, pul uchun qilgan deb o'ylayman", - dedi Igalo Futbol Fichajes bilan suhbatda.

E'tiborlisi hozirda Odion Igalo klubda ro'yxatdan o'tmagan. O'z vaqtida bu futbolchi Evropada, jumladan, "Manchester Yunayted"da ham o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR