logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:11
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

MLS. Messi va Alba jarohatlangan o'yinda "Inter Mayami" "Toronto" darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi

 21 SENTYABR, 2023, 07:00

MLSning navbatdagi o'yinida "Inter Mayami" "Toronto"ni mag'lub etdi - 4:0. Uchrashuv Fort-Loderdeyldagi "PNK" stadionida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'lim oxirida Fakundo Farias hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng Robert Teylor dublga erishdi, Benjamin Kremaski esa bitta golga mualliflik qildi.

34-daqiqada himoyachi Jordi Alba jarohati tufayli maydonni tark etgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib jamoa sardori Lionel Messi zaxiraga olindi.

“Inter Mayami” 31 ochko jamg'arib, Sharqiy konferentsiyada 13-o'ringa ko'tarilib oldi. “Toronto” 22 ochko bilan oxirgi o'rinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR