logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

EChL. «Bavariya» 7 ta gol urilgan o'yinda «MYu»ni mag'lub etdi, «Arsenal» Niderlandiya klubini tor-mor etdi

 21 SENTYABR, 2023, 02:48

Evropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan qator o'yinlar 20 sentyabr, chorshanba kuni bo'lib o'tdi.

“Manchester Yunayted” safarda “Bavariya” mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Leroy Sane myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Serj Gnabri mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa Rasmus Heylund hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan, Myunxen klubi penalti ishlab oldi. 53-daqiqada Harri keyn ushbu penaltini golga aylantirdi. 88-daqiqada mankunianliklar raqib darvozasi ichida ajoyib kombinatsiyani amalga oshirdi va vaziyatni Kazemiro gol bilan yakunladi. Hakam qo'shib bergan daqiqalarda esa Matias Tel darvozani ishg'ol qildi. So'nggi soniyalarda esa Brunu Fernandesh jarima zarbasidan oshirgan to'pni Kazemiro darvozaga joylab qo'ydi. Shu tariqa “Bavariya” 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

“Arsenal” o'z maydonida “PSV”ni 4:0 hisobida taslim etdi. Londonliklar safida Bukayo Saka, Leandro Trossard, Gabriel Jezus va Martin Edegorlar o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

O'zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to'p surayotgan “Lans” jamoasi esa “Sevilya”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Ta'kidlab o'tish joiz, Husanov ushbu bahsda maydonga tushirilmadi.

“Inter” esa “Real Sosedad”ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.

EChL, 1-tur
20 sentyabr, chorshanba
“Bavariya” (Germaniya) – “Manchester Yunayted” (Angliya) 4:3
Gollar: 1:0 – 28 Sane, 2:0 – 32 Gnabri, 2:1 – 49 Heylund, 3:1 – 53 Keyn (penalti), 3:2 – 88 Kazemiro, 4:2 – 90+2 Tel, 4:3 — 90+5 Kazemiro.
“Bavariya”: Ulrayx, Upamekano, Kim Min Chje, Devis, Gorettska, Kimmix, Laymer, Sane (Tel, 87), Musiala (Shupo-Moting, 75), Keyn (Myuller, 87), Gnabri (Koman, 63).
“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, Regilon, Eriksen (Maktominey, 69), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Pelistri (Garnacho, 81), Reshford, Heylund (Marsyal, 81).
Ogohlantirishlar: Martines (62), Gorettska (62).

“Arsenal” (Angliya) – “PSV” (Niderlandiya) 4:0
Gollar: 1:0 – 8 Saka, 2:0 – 20 Trossard, 3:0 – 38 Gabriel Jezus, 4:0 – 70 Edegor.
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 58), Edegor, Rays (Jorjino, 76), Haverts, Trossard (Nelson, 58), Saka (Fabiu Vieyra, 69), Gabriel Jezus (Smit-Rou, 69).
“PSV”: Benites, Teze, Boskali, Bella-Kochap (Ramalo, 76), Dest, Sxauten, Verman, Lang (Vertessen, 76), Saybari (Tillman, 66), Bakayoko (Losano, 66), de Yong (Pepi, 90).
Ogohlantirishlar: Uayt (42), Boskali (47), Tillman (80), Sxauten (87).

“Sevilya” (Ispaniya) – “Lans” (Frantsiya) 1:1
Gollar: 1:0 – 9 Okampos, 1:1 – 24 Fyuljeni.

“Real Sosedad” (Ispaniya) – “Inter” (Italiya) 1:1
Gollar: 1:0 – 4 Mendes, 1:1 – 87 Martines.

“Braga” (Portugaliya) – “Napoli” (Italiya) 1:2
Gollar: 0:1 – 45 Di Lorentso, 1:1 – 84 Bruma, 1:2 – 88 Niakate (avtogol).

“Benfika” (Portugaliya) – “Zaltsburg” (Avstriya) 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Shimich (penalti), 0:2 – 51 Glux.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR