logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

EChL. “Real” Berlin jamoasini so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag'lub etdi (video)

 21 SENTYABR, 2023, 02:06

Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turida “Real” va “Union Berlin” jamoalari 20 sentyabr, chorshanba kuni o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda madridliklar ustunlikka erishgan bo'lsa-da, 90 daqiqa davomida darvozalar ishg'ol etilmadi. Biroq, hakam qo'shib bergan daqiqalarda Jud Bellingem gol urib, jamoasining g'alabasini ta'minladi.

Shu tariqa Karlo Anchelotti jamoasi musobaqani minimal hisobdagi g'alaba bilan boshladi.

“Galatasaroy” esa “Kopengagen”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Turkiya jamoasi 0:2 hisobini so'nggi daqiqalarda yo'qqa chiqara oldi.

EChL, 1-tur
20 sentyabr, chorshanba
“Real” (Ispaniya) – “Union Berlin” (Germaniya) 1:0
Gol: Jud Bellingem (90+4)
“Real Madrid”: Arrisabalaga, Nacho (Fran Garsiya, 73), Ryudiger, Alaba, Modrich (Braim Dias, 81), Tchuameni (Valverde, 66), Kamavinga (Kroos, 66), Bellinghem, Vaskes, Rodrigo, Xoselu.
“Union Berlin”: Rennov, Yuranovich, Bonuchchi (Ekkel, 80), Diogu Leyte, Duki, Gozens, Kral, Tuzar (Kemlyayn, 83), Laiduni (Aaronson, 66), Bekker (Fofana, 80), Berens (Folland, 66).
Ogohlantirishlar: Tuzar (1), Tchuameni (37).



“Galatasaroy” (Turkiya) – “Kopengagen” (Daniya) 2:2

Gollar: 0:1 – 35 Elyunussi, 0:2 – 58 Diogu Gonsalvesh, 1:2 – 86 Boe, 2:2 — 88 Tete.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR