logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Xenderson - "Al-Ittifoq" futbolchisi!

 27 IYUL, 2023, 17:11

"Liverpul" Jordan Xenderson Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubiga ketganini e'lon qildi va arablar ushbu transferni tasdiqladi.

Yarim himoyachi "Liverpul"da 12 yil o'tkazdi va bu vaqt ichida u 8 ta sovrinni qo'lga kiritdi. 2015 yilda Stiven Jerrard ketganidan so'ng Xenderson jamoa sardori bo'ldi.

"Liverpul" angliyalik futbolchi uchun 12 million funt va bonuslar olishi xabar qilingandi. Xenderson dastlab Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al-Ittifoq" klubiga Evro-2024da qatnashish istagi tufayli o'tishni istamagan, biroq unga "Liverpul" klubinikidan to'rt barobar ko'p maosh taklif qilinganda rozi bo'lgan.

Xendersonning Saudiya klubi bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR