logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:16
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Borussiya" futbolchisida limfoma kasalligi aniqlandi

 27 IYUL, 2023, 17:00

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Stefan Laynerga limfoma tashxisi qo'yildi.

Nemis klubi endi futbolchi bir necha oylik davolanishini ma'lum qildi.

Tibbiy tekshiruv vaqtida Laynerda limfoma aniqlangan. Ta'kidlanishicha, kasallik dastlabki bosqichda sezilgan, uni davolash mumkin. Avstriyalik futbolchining to'liq tiklanish imkoniyati juda yuqori. Ehtimol, u professional sportga qaytishi mumkin.

"Biz uni eng yaxshi davolanish bilan ta'minlash uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Biz unga va uning oilasiga ushbu kasallikka qarshi kurashda kuch va sabr tilaymiz", - dedi Menxengladbax klubi rahbari Roland Virkus.

O'tgan mavsumda o'ng qanot himoyachisi "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 18 o'yinda 830 daqiqa maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR