logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:51
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ten Xag "Real"ga qarshi o'yin haqida: "Bizga ikkita imkoniyatda aniqlik etishmadi"

 27 IYUL, 2023, 16:00

"Real"dan 0:2 hisobida uchralgan mag'uliyatdan so'ng Erik ten Xag "MYu"ga hujumchi kerakligini aytdi.

AQShda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida ten Xag jamoasi 14 marta zarba yo'lladi, ammo gol ura olmadi.

- "Manchester Yunayted"ning "Real"ga qarshi hujumdagi o'yini klub nima uchun hujumchi sotib olmoqchi ekanligini tushuntirib berdimi?

- Albatta. Bizga ikkita imkoniyatda aniqlik etishmadi - boshidanoq bosim yaxshiroq bo'lishi va gollar urishimiz mumkin edi.

O'ylaymanki, bizga yakkama-yakka kurashlarda g'olib bo'ladigan futbolchilar ko'proq kerak. Ular orasida Reshford, Skott Maktominay va Garnacho bor. Bunday pozitsiyalardan gol urish kerak.

Biror narsa deyish qiyin. Biz kechayu kunduz ishlaymiz. Biz ishlayapmiz va bu klubdagi hamma shartnomani yopish uchun bor kuchini sarflamoqda.

Biz hech qachon boshqa klublar bilan shartnomasi bor futbolchilar haqida gapirmaymiz, shuning uchun kimni maqsad qilganimizni oshkor qilmayman. Biz bilan shartnoma imzolashi uchun kerakli futbolchini olish ustida ishlayapmiz", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

"Manchester Yunayted" "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunning transferi ustida faol ishlamoqda. Unga og'zaki ravishda 50+10 million evro taklif qilingan, ammo Italiya klubi kamida 70 million talab qilmoqda.

Yarim himoyachi Meyson Maunt va darvozabon Andre Onana shu yozda "Manchester Yunayted" jamoasiga qo'shildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR