logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 21:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Abdujalil Manazarov: "Xudo xohlasa, "Qo'qon-1912" jamoasi bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz"

 27 IYUL, 2023, 15:55

Yozgi transfer oynasida "Qo'qon-1912" jamoasi safiga kelishib qo'shilgan Abdujalil Manazarov jamoadagi muhit va ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida gapirdi.

"Avvalambor barchaga Assalomu alaykum. Superliga jamoalaridan har takliflar bor edi, biroq men aynan Qo'qonda o'ynashni afzal bildim. Bu erda ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'laman deb umid qilaman. Men hali yoshman va menga puldan ko'ra ko'proq o'yin amaliyoti muhim. Ikkinchi davraga tayyorgarlik yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Men jamoaga oxirgilardan bo'lib qo'shildim, lekin barchasi joyida. Qo'qonga Superligani qo'lga kiritish uchun keldim. Buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman. Xudo xohlasa, “Qo'qon-1912" jamoasi bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. Klubdagilar meni juda iliq kutib olishdi, bu erda barchasi ajoyib. Jamoadagilarning ko'pchiligi bilan avvaldan tanish bo'lganim uchun kirishib ketish qiyinchilik tug'dirmadi" - dedi futbolchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR