logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Superliga. 1-davra yakunlariga ko'ra hakamlarning qiziqarli statistikalari

 27 IYUL, 2023, 15:55

Superliga 1-davra yakunlariga ko'ra qaysi hakamlar eng ko'p sariq va qizil kartochka ko'rsatgani hamda eng ko'p penalti belgilaganini bilasizmi?

Sariq kartochkalar bo'yicha Oliy Liganing jami 7 ta turida ishlagan Asker Najafaliev etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 7 ta o'yinda ko'rsatilgan 46 ta sariq va 5 ta qizil kartochka bor. Shuningdek, u jami bu bahslarda jami 2 bor 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Qizil kartochkalar bo'yicha etakchi hakam esa Rahimbek Karimov sanaladi. Superliganing 6 uchrashuvida ishlagan ushbu hakam cho'ntagidan 7 marta qizil rangli kartochkani chiqargan. Bundan tashqari, uning hisobida 23 ta sariq kartochka ham bor.

Penalti belgilash bo'yicha esa biryo'la 2 hakamimiz — Firdavs Norsafarov hamda Aziz Asimov etakchi bo'lib turibdi. Ularning har ikkisi umumiy 5 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR