logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
«Tottenhem» va Harri Keyn EChLda tobora ochilmoqda

 12 DEKABR, 09:21 117

EChL guruh bosqichini «V» guruhida o'tkazgan «Tottenhem» so'nggi turda «Barselona» maydonidan durang (1:1) bilan qaytdi va shu kuni guruh autsayderi PSVni mag'lub eta olmagan (1:1) «Inter»dan qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobiga yuqorida joylashdi.

.

Qizig'i shundaki, «shporlar» o'z tarixida hali biror marta Chempionlar ligasining ketma-ket ikki mavsumida pley-offga chiqa olmagan edi. Jamoa o'tgan gal nimchorak finalda «Yuventus»ga imkoniyatni boy bergandi. Umuman, «Tottenhem» nufuzli turnirda bu yil to'rtinchi marotaba, qatorasiga esa uchinchi mavsum qatnashmoqda (debyut 2010 yilga to'g'ri keladi).

.

Shu bilan birga, London klubi etakchilaridan biri Harri Keyn kecha 16-marotaba EChL o'yinida ishtirok etdi va 85-daqiqada hisobni tenglashtiruv gol muallifi bo'lgan Lukas Mouraga assistentlik qildi. Natijada uning EChLdagi statistikasi ajoyib ko'rinishga keldi: u 16 o'yinda 16ta golda bevosita ishtirok etgan, 2016 yildan buyon turnirda 3ta gol urib, 13ta golga hammuallif bo'lgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR