logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:36
KirishA'zo bo'lish
OFK O'FA xodimini ikki oyga futboldan chetlatdi

22 DEKABR, 20:57 214

.


OFK Tartib-intizom va Etika qo'mitasi O'FA xodimi Behzod Mirtimirov borasida qaror qabul qildi.

Qarorga ko'ra, ushbu xodim futbolga doir har qanday faoliyatdan ikki oy chetlatildi. Bu borada OFK Tartib-intizom va Etika qo'mitasi Tartib-intizom kodeksining 104-moddasi bo'yicha qaror chiqardi.

Qarorda shunday deyiladi: "Mirtimirov OFK surishtiruvida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun futboldan chetlatildi. U futbolga doir hech qanday ishda faoliyat yurita olmaydi. U Kuala Lumpurga kelib OFKning taklifiga ko'ra surishtiruvda ishtirok etishdan bosh tortdi. OFK malumot yig'ish borasida ish olib borayotgani bois toki surishtiruv o'z nihoyasiga etmaguncha qadar bu borada boshqa malumot bermaydi".

Bizga malum bo'lishicha, Behzod Mirtimirov O'FAda tarjimon sifatida faoliyat yuritadi. Uning ustidan qanday tekshiruv (surishtiruv) boshlangani va nima sababdan ikki oyga futboldan chetlatilgani haqida O'FA rasmiy bayonot beradi degan umiddamiz.

.


[kulrang]Manba: championat.asia[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25