logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:53
KirishA'zo bo'lish
Klopp: «UEFAdagilar «Liverpul» chiqib ketadi deb o'ylagan bo'lishsa, chuchvarani xom sanashibdi»

12 DEKABR, 09:19 115

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp EChL so'nggi turining markaziy o'yinida «Napoli» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng matbuot anjumanida ko'tarinki kayfiyatda ishtirok etdi.

«Saloh qoyilmaqom gol urdi, Alissonning seyviga esa gap bo'lishi mumkin emas. U bunday zarba qanday qaytarib qolganini aqlimga sig'dira olmayapman.

Biz yana gol urishimiz mumkin edi. Sadio Mane bilan bo'lgan vaziyat esa yakunda musobaqa jadvalidagi o'rnimizga hech qanday tasir ko'rsatmadi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechdi, ko'plab qarshi hujumlar uyushtirildi, ammo biz bunga tayyor edik.

UEFAdagilar, ehtimol, musobaqa endi «Liverpul»siz davom etadi, deb o'ylashgandir. Lekin bu safar emas. Bugun biz munosib g'alabaga erishdik», - deya takidlaydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» 9 ochko bilan guruhda ikkinchi, shuncha ochkoga ega «Napoli» esa uchinchi o'rinni egalladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 16