logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:52
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Benzema: «Yana gollar uradigan yangi Karim dunyoga kelmoqda»

 22 DEKABR, 17:15 180

«Real» hujumchisi Karim Benzema o'z o'yinida o'sish kuzatilayotgani haqida so'zlab berdi.

«Haqiqatan ham, yana gollar ura boshlagan yangi Karim tug'ilayotganining guvohi bo'lib turibmiz. Jamoamning meni qo'llab-quvvatlayotganini his etmoqdaman, buni tushungan holda maydonda borimni berib harakat qilyapman.

«Rayo Valekano» bilan o'yinda tribunadan eshitilgan qarsaklardan muxlislar meni yaxshi ko'rishlarini va hurmat qilishlarini sezdim», – deb aytgan franTsiyalik hujumchidan iqtibos keltirdi Marca.

Kuni kecha 31 yoshini qarshi olgan hujumchi bu mavsum La Liganing 16 o'yinidan 15tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 6+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi. U EChL guruh bosqichidagi barcha oltita uchrashuvda ham boshlang'ich tarkib azosi bo'lib, 3+2 ko'rsatkichiga erishdi.

«Real» bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida maydonga chiqadi. BAA poytaxti Abu Dabida ispanlarga mahalliy «Al-Ayn» jamoasi raqib bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR