logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:05
KirishA'zo bo'lish
Mirjalol Qosimov OKMK bosh murabbiyi etib tayinlandi

22 DEKABR, 15:27 275

OKMK klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Bizga malum bo'lishicha, klubni shu mavsum o'z tarixida ilk marta O'zbekiston kubogi g'olibligi sari boshlab borgan Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan. Endilikda Baxtiyor Azamovichning o'rnida «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ish boshlashi kutilmoqda.

Malumot uchun, Olmaliq klubi 2019 yilda Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichiga o'tish yo'lida 12 fevral kuni o'z maydonida Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni qabul qiladi. Uchrashuv g'olibi bir haftadan so'ng Saudiya Arabistonida «Al-Nasr»mehmoni bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Qosimov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bu mavsumni moliyaviy qiyinchiliklar bilan o'tkazdi. Klub noyabr oyi o'rtalarida FIFA talabiga ko'ra 6 ochkodan mahrum qilingach, chempionat tugashiga 2 tur qolganida bronza uchun kurashdan chiqdi va yakunda to'rtinchi o'rinni egalladi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 15