logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:29
KirishA'zo bo'lish
«Roma» bosh murabbiyi «Yuventus»dagi «birinchi raqamli xavf»ni aytdi

22 DEKABR, 15:27 288

«Roma» bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko A Seriyaning 17-turi doirasidagi «Yuventus»ga qarshi o'yin oldidan raqib hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida alohida to'xtalib o'tdi.

«Ronaldu – birinchi raqamli xavf manbayi. Uning texnikasiga gap bo'lishi mumkin emas. Bazida u 35 daqiqa davomida hech qanday o'ziga xos harakatlari bilan ajralib turmasligi mumkin, ammo keyin o'zining dohiyona hunarini ko'rsatib qoladi.

U shunday futbolchilar toifasidanki, unga o'rinbosar topish murabbiylar uchun amrimahol, chunki u o'zi istagan vaqtda o'yin taqdirini hal etib qo'yishi mumkin. Shu boisdan ham, albatta, o'zimga qolsa, u o'yinga tushmagani maqul», – degan Di Francheskoning so'zlarini keltirmoqda Goal.

«Yuventus»–«Roma» uchrashuvi Turindagi «AlyanTs-Arena»da, Toshkent vaqti bilan bugun tunda, soat 00:30da boshlanadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21