logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

UFC Fight Night 227 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

 17 SENTYABR, 2023, 12:16

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri yana bir UFC turniriga mezbonlik qildi.

T-Mobile Arena mezbonlik qilgan UFC Fight Night 227 turniridan jami 11 ta jang o'rin olgan bo'lib, ulardan biri o'tkazilmadi deya topildi. Aniqrog'i, referi Edgar CHayrez - Daniel Laserda o'rtasidagi jangning bo'g'ish holatini qayta ko'rib chiqqanidan so'ng shunday qarorga kelgan. 

Oqshomning markaziy jangida amaldagi chempion, meksikalik Aleksa Grasso ushbu kamarning sobiq sohibasi qirg'izistonlik Valentina SHevchenko bilan durang natija qayd etdi va kamarini o'zida saqlab qoldi.


UFC Fight Night 227 turnirining barcha natijalari:

Aleksa Grasso - Valentina SHevchenko (48-47, 47-48, 47-47) durang;

Jek Della Maddalena Kevin Xollandni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (28-29, 29-28, 29-28);

Raul Rosas 1-raundda Terrens Mitchellni texnik nokautga uchratdi;

Deniel Zellxuber 2-raundda Kristos Giagosni anaconda choke usuli bilan engdi;

Kayl Nelson Fernando Padillyani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (29-28, 29-28, 30-27);

Lupita Godines Elis Ridni ikkinchi raundda bo'g'ish (rear-naked choke) usuli bilan mag'lubiyatga uchrata oldi;

Roman Kopilov Josh Fremdni 2-raundda texnik nokautga uchratdi;

Treysi Kortes Jasmin Yasudavichusni hakamlar qarori bilan engdi (30-27, 30-27, 29-28);

CHarli Kempbell 1-raundda Aleks Reyesni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi;

Jozefin Knutsson Marnik Mannni ochkolar hisobi bilan mag'lubiyatga uchratdi (30-24, 30-25, 30-27).



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR